Korxonaning aylanma fondlari deganda bir ishlab chiqarish tsiklida
sarflanadigan, qiymati mehnat mahsulotiga bir yo’la to’laligicha o’tkaziladigan va
natural shakli va fizik – kimyoviy xususiyatlari o’zgaradigan ishlab chiqarish
fondlarining bir qismi tushuniladi. Ular ishlab chiqarishga jalb qilinishi natijasida
o’z isteomol qiymatini yo’qotadilar va ulardan yaratilgan mahsulotda o’z aksini
topadi.
Korxonaning aylanma fondlari quyidagi 3 qismdan iborat:
ishlab chiqarish zaxiralari;
tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zida ishlab chiqarilgan yarim
tayyor mahsulotlar;
kelasi davr harajatlari.
Ishlab chiqarish zaxiralari – ishlab chiqarish jarayoniga kiritishga
tayyorlangan mehnat predmetlaridir. Ular tarkibiga xom-ashyo, asosiy va
yordamchi materiallar, yoqilg’i, sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar va
butlovchi buyumlar, tara va tara materiallari, asosiy fondlarni joriy taomirlash
uchun ehtiyot qismlar kiradi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish va o’zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor
mahsulotlar jumlasisga quyidagilar kiradi: ishlov berish yoki yig’ish jarayonida
turgan material, detallar, buyumlar, korxona tsexlarida ishlov berib tugatilmagan
va shu korxonaning boshqa tsexlarida ishlov berishga mo’ljallangan yarim tayyor
mahsulotlar. Kelasi davr ajatlari – bu aylanma fondlarning nomoddiy elementlari
bo’lib, ular tarkibiga yangi mahsulotni tayyorlash va o’zlashtirish bilan bog’liq
harajatlar kiritiladi (konstruktsiya uchun harajatlar, yangi turdagi mahsulot ishlab
chiqarish uchun texnologiyaga, kayta jixozlashga ketgan ajatlar va boshqalar).
Aylanma fondlar o’z harakatida muomala sohasiga xizmat ko’rsatuvchi
muomala fondlari bilan ham bevosita bog’liqdir. Ular korxona omboridagi
tayyor mahsulot, yo’ldagi tovarlar, pul mablag’lari va hisob – kitoblardagi
Do'stlaringiz bilan baham: |