Microsoft Word 5-mavzu korxonaning aylanma mablag\222lari reja
Download 178.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Shirinov Nodir
3. Bir aylanish davomiyligi, ma’lum davr ichidagi kunlar sonini aylanish
koeffitsientiga bo’lgan nisbati bilan aniqlanadi: й К T ∆ - davrdagi kunlar soni Aylanma mablag’lar aylanish davomiyligi qancha kichik bo’lsa yoki mahsulot sotish hajmining maolum kattaligida aylanma mablag’lar aylanish soni qanchalik katta bo’lsa, ular shunchalik samarali ishlatilgan bo’ladi. Aylanma mablag’lar aylanishini tezlashtirish samarasi ularning bo’shashida yoki ulardan foydalanish darajasini yaxshilash hisobiga aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojining kamayishida o’z aksini topadi. Aylama mablag’larning mutloq va nisbiy bo’shashi farqlanadi. Mutloq bo’shash aylanma mablag’larga bo’lgan ehtiyojning to’g’ridan – to’g’ri kamayishini aks etdiradi. Masalan, agar aylanma mablag’larning o’rtacha kattaligi 1994 yilda 100 mln. so’m, 1995 yilda esa 95 mln.so’mga teng bo’lsa, u holda absolyut bo’shash 5 mln so’mni tashkil etadi. Bunda sotilgan mahsulot hajmining o’zgarishi ko’rsatilmaydi. Nisbiy bo’shash aylanma mablag’lar kattaligining o’zgarishini ham sotilgan mahsulot hajmining o’zgarishini ham aks ettiradi. Aylanma mablag’larning ular aylanish tezligini oshirish evaziga nisbiy bo’shashi quyidagicha aniqlanadi: бунда Т Т A й ) ( 360 2 1 – yillik sotilgan mahsulot hajmi T 1 va T 2 – mos ravishda avvalgi va keyingi aylanish davomiyligi. Hozirgi paytda aylanma mablag’lar aylanish tezligini oshirish dolzarb vazifalardan bo’lib hisoblanadi va bunga quyidagi yo’llar bilan erishiladi: - ishlab chiqarish zaxiralarini tashkil etish bosqichida – zaxiralarning iqtisodiy jihatdan asoslangan meoyorlarini joriy etish, resurs yetkazib beruvchilarni isteomolchilarga yaqinlashtirish; to’g’ridan – to’g’ri uzoq muddatli aloqalarni o’rnatish; material va jixozlarning ulgurji savdosini rivojlantirish; omborda yuklash – tushirish ishlarini kompleks mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish va boshqalar. - Tugallanmagan ishlab chiqarish bosqichida – fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirish (ilg’or texnika va texnologiya joriy etish, hamda robotlashtirilgan komplekslar, rotor liniyalarini joriy etish, ishlab chiqarishni ximiyalashtirish) sanoat ishlab chiqarishni tashkil etish, shakllarini takomillashtirish, arzonroq konstruktiv materiallar ishlatish; xom-ashyo va yoqilg’i – energetika resurslari tejashni iqtisodiy jihatdan rag’batlantirish, yuqori talabga ega bo’lgan mahsulot ulushini oshirish va boshqalar. - Muomala bosqichida – mahsulot ishlab chiqaruvchilarni uni isteomol qiluvchilarga yaqinlashtirish; hisob – kitob tizimini takomillashtirish, sotilgan mahsulot hajmini oshirish, buyurtmalarni to’g’ridan – to’g’ri aloqalar bo’yicha bajarish va muddatidan ilgari mahsulot ishlab chiqarish, tejalgan materiallardan mahsulotlar ishlab chiqarish, isteomolchilarga jo’natilgan mahsulotlarni Download 178.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling