Microsoft Word 5-mavzu korxonaning aylanma mablag\222lari reja


 Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari


Download 178.49 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana19.04.2023
Hajmi178.49 Kb.
#1365314
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shirinov Nodir

 
5.3. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari 
Aylanma fondlardan foydalanishni yaxshilash sanoat korxonalarining asosiy 
vazifalaridan biridir. Xom-ashyo, yoqilg’i va yordamchi materiallardan qanchalik 
unumli foydalanilsa, maolum miqdorda mahsulot ishlab chiqarishda ularning sarfi 
shuncha kamayadi va sanoat mahsulotlarining hajmini ko’paytirishga imkon 


yaratadi. Moddiy resurslar sarfi ko’rsatkichi bilan moddiy resursdan samarali 
foydalanish ko’rsatkichi farqlanadi. 
Moddiy resurslar sarfi – ishlab chiqarish talabidir. U mahsulot ishlab 
chiqarish dasturini bajarish uchun korxona tomonidan sarflangan barcha moddiy 
resurslar miqdorini qamrab oladi. Moddiy resurslar sarfiga taomirlash ishlari, ichki 
zavod transporti xizmati, yordamchi xo’jaliklar ta’minoti, maishiy xizmat ehtiyoji 
kiradi. Moddiy resurslar iste’moli umumiy va mahsulot birligiga sarflangan 
harajatlarga bo’linadi. 
Moddiy resurslarning umumiy harajati deganda – hisobot davrida ishlab 
chiqarish dasturini bajarish uchun ayrim yoki birgalikda olingan moddiy 
resurslarga aytiladi. Moddiy resurslarning umumiy harajati natural ko’rinishda xil 
turdagi moddiy resurslarning jamlanma harajati – qiymat ko’rinishida ifodalanadi. 
Biror ko’rinishdagi aniq resursning mahsulot birligiga sarflangan harajati 
deb, bir birlik yaroqli mahsulot ishlab chiqarishga ketgan sarfga aytiladi. U hisobot 
davrida berilgan mahsulotni ishlab chiqarishga sarflangan barcha moddiy resurslar 
miqdorini (Q), ushbu mahsulotning yaroqli birliklar miqdoriga bo’lish (N) orqali 
topiladi. 
 
m = Q / N 
Mahsulot ishlab chiqarishga moddiy resurslarning umumiy harakteristikasi 
sifatida material sig’imi ko’rsatkichi xizmat qiladi. U bitta mahsulotga material 
resursning haqiqiy sarfini natural yoki qiymat ifodasida baholaydi. Ushbu 
ko’rsatkich alohida turdagi resurslarning natural, natural – qiymat ifodasidagi 
sarfini harakterlaydigan metall sig’imi, yoqilg’i sig’imi kabi ko’rsatkichlar bilan 
bevosita bog’liqdir. 
Mahsulotning material sig’imi quyidagi ko’rsatkichlarda o’lchanadi. 
1) ishlab chiqarilgan mahsulotning fizik birligiga to’g’ri keluvchi moddiy 
resurslarning harajati. 

Download 178.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling