Microsoft Word 5-mavzu korxonaning aylanma mablag\222lari reja
Download 178.49 Kb. Pdf ko'rish
|
Shirinov Nodir
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’yorlashtiriladigan Me’yorlashtirilmaydigan
- Aylanma fondlar (100 %)
Aylanma mablag’lar
Aylanma fondlar Muomala fondlari Is h la b c h iq ar is h z ax ir al ar i (x o m -a sh y o v a m at er ia ll ar , y o rd am ch i m at er ia ll ar , y o q il g ’i , e’ ti y o t q is m la r, a rz o n v a te z es k ir ad ig an b u y u m la r T u g al la n m ag an i sh la b c h iы ar is h K el as i d av r x ar aj at la ri O m b o rd ag i ta y y o r m a’ su lo tl ar X ar id o rg a jщ n at il g an , le k in tщ la n m ag an m a’ su lo tl ar P u l m ab la ь la ri Х is o b -k it o b d ag i m ab la ь la r Me’yorlashtiriladigan Me’yorlashtirilmaydigan mehnat iqtisodini ham keltirib chiqaradi: ish kuchining materiallarni jo’natish, yuklash va tushirish, saqlash bilan bog’liq nisbiy harajatlarini qisqartiradi. - Moddiy resurslar iqtisodi sanoat mahsulotni tannarxini kamaytirishga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda moddiy harajatlar hissasiga ishlab chiqarish harajatlarining 3/4 to’g’ri keladi. Keyinchalik, fan – texnika taraqqiyoti natijasida mahsulot ishlab chiqarish umumiy harajatlarida buyumlashgan mehnat ulushi oshib boradi, demakki, mehnat predmetlari va mehnat vositalaridan foydalanishni yaxshilash ishlab chiqarishning ijtimoiy harajatlarini tejashning asosiy Mahsulot tannarxini kamaytirishga katta taosir etish bilan bir qatorda moddiy resurslarni tejash korxonaning moliyaviy holatiga ham ijobiy taosir ko’rsatadi. 5.2-chizma. Aylanma fondlar tarkibi 5.2. Aylanma mablag’lardan oqilona foydalanish Bozor munosabatlariga o’tish soitida bir korxona oldida turgan asosiy masalalardan biri – moddiy resurslarni tejash hisoblanadi. CHunki ular foydaning o’sishiga bevosita bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish harajatlarining asosiy qismini tashkil etadi. Bozor munosabatlari soitida foyda – korxona faoliyatini ta’minlovchi asosiy manbadir. Moddiy resurslarni tejash yo’llari va manbalari farqlanadi. Tejash manbalari unga nima hisobiga erishish mumkinligini birdirsa, tejash yo’llari yoki yo’nalishlari esa qanday qilib, qanday tadbirlar hisobiga iqtisodga erishish mumkinligini ko’rsatadi. Aylanma fondlar (100 %) Ishlab chiqarish zaxiralarida (70%) Ishlab chiqarish jarayonida (30%) X o m -a sh y o v a as o si y m at er ia ll ar (2 8 % ) S o ti b o li n g an y ar im t ay y o r m a’ su lo tl ar ( 1 0 % ) Y o rd am ch i m at er ia ll ar ( 8 % ) Y o q il o i v a el ek tr en er g iy a (4 % ) Jo ri y t ao m ir la sh u ch u n e ’t iy o t ы is m la r (3 % ) T ar a v a ta ra m at er ia ll ar i (3 % ) A rz o n v a te z es k ir u v ch i b u y u m la r (1 4 % ) T u g al la n m ag an is h la b c h iы ar is h (1 9 % ) O zi d a is h la b ch iы ar g an y ar im ta y y o r m a’ su lo tl ar ( 6 % ) K el as i d av r x ar aj at la ri ( 5 % ) Har qanday korxonada moddiy resurslarni iqtisod qilish rezervlari mavjud. Rezervlar bu korxonadagi moddiy resurslardan foydalanishni yaxshilash borasida korxonada mavjud, lekin ham foydalanilmagan imkoniyatlardir. Moddiy resurslarni tejash rezervlaridan foydalanish nuqtai nazaridan, ular 3 guruhga bo’linadi: - Milliy iqtisodiyot bo’yicha rezervlar; - umumsanoat va tarmoqlararo rezervlar - ichki ishlab chiqarish rezervlari (tsexlararo, zavodlar va tarmoqlar); Umumsanoat va tarmoqlararo rezervlar – bu shunday rezervlarki, sanoatning yetakchi tarmoqlari (qora metallurgiya, mashinasozlik, kimyo sanoati) bilan iqtisodiy ishlab chiqarishni ratsional munosabatlarini o’rnatish bilan bog’liqdir. Ushbu rezervlar iqtisodiy rayonlar va sanoatning alohida tarmoqlarining rivojlanish xususiyatlarini qamrab oladi. Ularning eng muhimlari xalq xo’jaligi ahamiyatiga ega. SHu bilan birga, ularni amaliyotga joriy etish ko’lamlari chegaralangan bo’lib, asosan o’zaro bog’liq tarmoqlarga yoki yirik sanoat va ishlab chiqarish hududiy komplekslarga tarqaladi. Umumsanoat va tarmoqlararo rezervlarga quyidagilar kiradi: foydali qazilmalarni qayta ishlashga eng yangi samarali usul va tizimlarini joriy etish, ularni qazib olishda ilg’or texnologiyalardan foydalanish, mineral xom-ashyoga to’liq va kompleks qayta ishlov berishni taominlash, sanoatni ixtisoslashtirish, kooperatsiya va turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarni barpo qilish va rivojlantirish, xalq xo’jaligi va isteomolchi tarmoqlarda moddiy resurslarni tajash vazifalarini bajarish maqsadida ishlab chiqaruvchi tarmoqlardagi xom-ashyo va konstruktiv materiallar sifatini oshirish, samaraliroq xom ashyo va materiallar ishlab chiqarish va boshqalar. Ichki ishlab chiqarish rezervlariga texnika, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bilan bevosita bog’liq bo’lgan moddiy resurslardan yaxshi foydalanish, mahsulotni takomillashgan turlari va modellarini yaratish, sanoatning aniq tarmoqlari mahsuloti sifatini oshirish imkoniyatlari kiradi. Hozirgi fan – texnika revolyutsiyasi davrida milliy iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida fan – texnika taraqqiyotini jadallashtirishda akatlantiruvchi omil kuch bo’lib jamiyat ishlab chiqarish kuchlarini rivojlantirish hisoblanadi. Bu esa ko’p hollarda sanoat mahsulotining material sig’imini pasaytirish uchun imkoniyat yaratuvchi fan bilan ishlab chiqarish o’rtasidagi organik birlashuv jarayonidan kelib chiqadi. Ishlab chiqarishda resurslarni tejash rezervlarini qo’llashning asosiy yo’nalishlari harakteriga ko’ra ishlab chiqarish-texnik va tashkiliy – iqtisodiy yo’nalishlariga bo’linadi. Ishlab chiqarish-texnik yo’nalishlarga xom-ashyoni ishlab chiqarish isteomoli uchun sifatli tayyorlab berish bilan bog’liq tadbirlar, shuningdek, mashina, jixozlar va mahsulotlar loyihalashtirishni takomillashtirish, xom-ashyo va yoqilg’idan tejamli foydalanish, yangi texnika va ilg’or texnologiya joriy etish kabilar kiradi. Xom-ashyoga birlamchi ishlov berish tarmoqlarida xom-ashyo tejamkorligiga erishish uchun birinchi navbatda xom-ashyoga dastlabki ishlov berish tarbirlari o’tkaziladi. Xom-ashyoni tayyorlash usullariga: koks sanoati uchun ko’mir, qora va rangli metallurgiya uchun esa rudalar bilan boyitish, yengil sanoatda - paxtani standartlash va tozalash, yog’ochga ishlov berish sanoati uchun - daraxt po’stloqlarini quritish kabilarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Sanoatning ishlov beruvchi tarmoqlarida, yaoni materiali to’rtburchak yuza shakliga ega bo’lgan tikuvchilik, payabzal, mashinasozlik tarmoqlarida materiallar iqtisodi bichishning ratsional sxemalaridan foydalanish orqali erishiladiki, ular list yuzasidan iloji boricha to’laroq foydalanish imkoniyatini beradi. Ushbu masalalarni joriy etishda iqtisodiy – matematik uslublar va elektron hisoblash mashinalari keng qo’llaniladiki, natijada bichishning eng optimal sxemalari ishlab chiqiladi. Fan – texnika taraqqiyoti soitida sanoatning barcha tarmoqlarida mahalliy va ikkilamchi xom-ashyo va materiallar, yoqilg’i – energetika resurslaridan maksimal foydalanish katta iqtisodiy samara beradi. Ushbu muammo zamonaviy soitlarda ayniqsa dolzarbdir. SHuning uchun metall chiqindisi shakllanadigan va metall mahsulotlari isteomol qili-nadigan joylarda kichik quvvatli metallurgiya zavodlarini qurish katta real iqtisodiyot amiyatiga egaki, bu transport harajatlarini kamaytirish imkoniyatini beradi. Ushbu masalaning ahamiyati shundan iboratki, ishlab chiqaruvchi korxonalar va isteomolchi korxonalar orasida to’g’ridan – to’g’ri uzoq muddatli aloqalar o’rnatish uchun keng soitlar yaratiladi. Moddiy resurslar iqtisodining tashkiliy – iqtisodiy yo’nalishlariga quyidagilar kiradi: sanoat mahsuloti material sig’imini meoyorlashtirish va rejalashtirish darajasini oshirish, moddiy resurslar sarfining texnik jihatdan asoslangan meoyorlarini ishlab chiqish va joriy etish; shuningdek, rivojlanishning tezlashishini ta’minlovchi yangi, yanada samarali, xom-ashyo va materiallar, yoqilg’i – energetika resurslarini yaratish bilan bog’liq kompleks tadbirlar o’tkazish va mamlakat yoqilg’i balansini takomillashtirish. Har bir korxonada moddiy resurslarni tejashning asosiy yo’nalishlari – ish joylarida (tsex, uchastka, brigada) berilgan miqdordagi xom-ashyo va materiallardan yakuniy mahsulot yaratishni ko’paytirishdan iborat. Bu esa ishlab chiqarishni texnik jixatdan qurollanganligiga, ishchilar malakasi darajasiga, moddiy texnika taominotining to’g’ri tashkil etilganligiga, moddiy resurslar zaxiralari va ishlatish meoyorlari miqdoriga bevosita bog’liqdir. Ishlab chiqarish jarayonida yo’qotishlarni qisqartirish, barcha mod-diy resurslar iqtisodining 15-20% ini tashkil etadi. Buning uchun mahsulotni saqlash va tashish qoidalariga qatoiy rioya qilish, taominlash, ishlab chiqarishning keyingi qayta ishlov berish jarayoniga yoqilg’i, xom-ashyo va materiallarni tayyorlab berishni ratsional yo’lga qo’yish, mehnat jamoasining ish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati bo’yicha qarashlarini nazorat qilishni kuchaytirish zarur. Download 178.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling