Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Shtrixlar va nafas ustida ishlash


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Shtrixlar va nafas ustida ishlash 
 
O‘zbekiston Davlat Madhiyasi kuplet formasida yozilgan bo‘lib dirijyor 
oldida muhim ijrochilik masalalarini yuzaga keltiradi. Vokal va instrumental 
musiqa xususiyatlari birlashgan, omuxta bo‘lgan janrni damli cholg‘ular orkestri 
bilan o‘rganib, ijro etish ma’suliyati turadi. Yuqoridagi xususiyatlarni e’tiborga 


 
38 
olgan holda, shtrixlarni to‘g‘ri tanlash va ijrochilik nafasini aniq taqsimlash 
masalalarini yechish katta ahamiyat kasb etadi. 
Madhiyani to‘la ovozda, tantanavor, ulug‘vorlik, ko‘tarinkilik ruhida har bir 
motivni, jumlani talaffuz etishda aniq-tiniq artikulyatsiya zarur. Buning uchun 
madhiyani detashe shtrixi yordamida, legato bilan belgilangan joylarda legato 
yordamida ijro etish talab etiladi. 
Ijrochilik nafasi murakkabroqdir. Agar orkestr tarkibi katta bo‘lsa va bir 
partiyaga bir nechta ijrochi to‘g‘ri kelsa, unda har bir ijrochiga nafas joyi aniq 
ko‘rsatilib, to‘xtovsiz, uzilishsiz nafas ijrosi qo‘llaniladi. Agarda orkestr tarkibi 
kichik bo‘lsa, unda nafas har bir she’riy jumladan so‘ng olinadi. Shunda musiqiy 
jumlalar tuzilishi buzilmaydi. 
Garmonik partiyalarni ijro qiluvchi musiqachilar nafaslari shunday 
rejalashtirilishi zarurki, melodik liniya uzilishlarida ularni (pauza, musiqiy jumla 
oxiri) to‘ldirib turish kerak. 
Orkestr ijrochilari o‘z partiyalarini yoddan mukammal bilishlari shart. 
Dirijyor har bir musiqachini mukammal tekshirib, o‘z partiyalarini aniq ijro 
qilayotganlariga amin bo‘lishi kerak. 
O‘zbekiston Davlat Madhiyasining yuksak badiiy mahorat bilan ijro etilishi 
dirijyor va orkestr musiqachilari zimmasiga katta ma’naviy ma’suliyat yuklaydi. 
Shuni doim esda tutish lozimki, Davlat Madhiyasining har bir ijrosi 
tinglovchilarda ruhiy ko‘tarinkilikni, jo‘shqinlikni kuchaytirishi va o‘z vataniga, 
xalqiga bo‘lgan g‘urur va iftixorini orttirishi kerak. 



Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling