Microsoft Word 77 r nigmatov doc


© O‘zbekiston davlat konservatoriyasi


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

© O‘zbekiston davlat konservatoriyasi
Tahrir-nashriyot bo‘limi 
© R.Nigmatov, 2010. 


 

MUALLIFDAN 
Mazkur o‘quv qo‘llanma musiqa yo‘nalishdagi akademik litseylar va 
kollejlar o‘quvchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, shuningdek, bu o‘quv 
qo‘llanmadan oliy o‘quv yurtlari talabalari ham pedagogik amaliyot fani 
kurslarida foydalanishlari mumkin. Ushbu o‘quv qo‘llanmada damli cholg‘ular 
orkestri ijrochiligi bilan bog‘liq bo‘lgan tavsiyalar, takliflar va ma’lumotlar 
hamda nota materiallari bilan birgalikda berilgan musiqiy asarlardan ham barcha 
damli cholg‘ular orkestrlari rahbarlari va qatnashchilari o‘z faoliyatlarida 
foydalanishlari mumkin. Havaskorlik damli cholg‘ular orkestrlari rahbarlari va 
damli cholg‘ulari ijrosi bilan qiziquvchilar uchun ham shu sohaga oid 
ma’lumotlar yoritib berilgan bo‘lib, ish jarayonida ushbu o‘quv qo‘llanmadan 
keng foydalanish imkonini beradi. 
O‘quv qo‘llanma:
I. Kirish. Damli cholg‘ular orkestri qisqacha tarixiga, tuzilishi va umumiy 
tushunchalarga oid ma’lumotlar.
II. Nazariy qism. Musiqiy belgilar. Abbreviaturalar. Atamalar.
III. Amaliy qism. Orkestr mashg‘ulotlari va ilovadan iborat. 
O‘quv qo‘llanmaning asosiy vazifasi orkestr sinfi darslarida dirijyorlarni 
boshlang‘ich dars jarayonini tashkil qilishi, mashg‘ulotlar davomida avval 
orkestrni sozlash va uni ish holati darajasiga keltirish usullari bosqichma-
bosqich yoritilgan. 
Damli cholg‘ularda ijro nafasi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab jarayon, 
yosh organizmni o‘sish davrida ta’sir qiluvchi omillarga oid fiziologik va 
jismoniy masalalari ham yoritiladi. 
Damli va zarbli cholg‘ular tasniflari haqida, damli cholg‘ular orkestri 
tarixiga, orkestr tarkiblari va ularni rivojlanish faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan 
birgalikda boshlang‘ich musiqa nazariyasi va orkestr ijrochiligida uchraydigan 
masalalar nazarda tutilib o‘quvchilarga to‘liq ma’lumot olishlari uchun 
maksimal darajada yoritildi.
O‘quv qo‘llanmada musiqachilarning tovush madaniyatini shakllantirish, 
ijrochilik nafasini mukammallashtirish, shtrixlar va artikulyatsiya yagonaligiga 
erishish, metr va ritm masalariga oid uslubiy yondashuvlar ham yoritilgan. 
Dirijyor, dirijyorlik va orkestr rahbarligi sohasiga bog‘liq bo‘lgan 
jarayonlar, o‘quv mashg‘ulotlari davomida bosqichma-bosqich ko‘riladigan 
masalalar bilan birgalikda estetik tarbiya, ijrochilik mahoratini oshirishga va 
o‘quv-pedagogik, konsert repertuarlariga uslubiy bog‘liqlilik sifatida yondashib 
umumiy tavsiyalar berilgan. 
Damli cholg‘ular orkestrining boshqa orkestrlardan ajratib turadigan 
faoliyatidan yana biri safda qo‘llanishiga doir jihatlari o‘quv qo‘llanmada ham 
atroflicha yoritilgan va zarur uslubiy tavsiyalar berilgan. O‘zbekiston Davlat 
Madhiyasi ijrosi bo‘yicha berilgan to‘liq uslubiy tavsiyalar katta ahamiyat kasb 


 

etadi. Turli shakl va mohiyatga ega bo‘lgan marosimlarga oid musiqalar damli 
cholg‘ular orkestri faoliyatiga taalluqli va xarakterli bo‘lgani uchun bu 
masalalarga ham e’tibor qaratildi. 
Ilovada berilgan musiqiy asarlar Mustaqillik davrida yaratilgan namunalar 
bo‘lib, ba’zilari birinchi marta chop etilmoqda. 



Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling