Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Tovush hosil qilish uslublari. Shtrixlar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Tovush hosil qilish uslublari. Shtrixlar 
 
Damli cholg‘ularda tovush hosil qilishda til, lablar va nafas yordamida 
ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lgan tovush hosil qilishning 3 uslubiy xili 
mavjud: qattiq, yumshoq va kombinatsiyalangan (birgalikdagi, qurama). 
Orkestr bilan ishlash jarayonida dirijyor har bir ijrochi bilan alohida, guruh, 
guruhlararo va umumorkestr tarkibida tovush hosil qilish mashqlari ustida 
ishlaganda, avvalo «yumshoq» va «qattiq» – tovush boshi, so‘ngra 
kombinatsiyalangan xillari ijro etiladi. 


 
26 
Mashqlar ustida ishlash uslubiyati quyidagichadir. Dirijyor tomonidan 
qattiq yoki yumshoq tovush hosil qilish xili «tu» yoki «ta», «du» yoki «da» 
bo‘g‘inlari aniqlanadi. Musiqachilardan birgalikda va bir vaqtda aniq tovush 
paydo qilishlari, bir vaqtni o‘zida soz intonatsiyasini, dinamikasini 
to‘g‘irlashlariga erishish talab qilinadi. Yagona bir ijrochi ijro qilayotganidek, 
mashqlarda sifatli aniq bir butun tovush hosil qilish ko‘nikmalariga erishilsa, 
ko‘zlangan maqsad amalga oshganligidan dalolatdir. Uncha qiyin bo‘lmagandek 
ko‘ringan mashqlar o‘quvchilardan katta harakatlar talab qiladi. 
Tovush hosil qilish har qanday shtrixlarni boshlang‘ich elementi bo‘lib, 
tovushning xarakteriga jiddiy ta’sir qiladi. Tovush hosil qilish xillari va 
ijrochilik shtrixlari o‘zaro bir biriga bog‘liqdir. 
Ijrochilik shtrixlari asosan yetti xildan iborat: Detashe, Legato, Staccato
MarcatoNon legatoPortatoMartele.
Detashe (fransuzcha detashe, detusher – bo‘lib, ajratish) – ravon, to‘liq, 
tovush boshi, qattiq, oxiri ochiq (tugallanmagan) maksimal darajada keyingi 
tovushga yaqin. Ijrochi notadan-notaga deyarli uzilishsiz o‘tadi. 
Legato (italyancha legato – bog‘lab, silliqlab) – bir tovushdan ikkinchi 
tovushga to‘xtovsiz o‘tish birinchi tovushni boshlanishi qattiq yoki yumshoq
tovushning oxiri esa keyingi tovushga o‘tib maxsus qavssimon belgi – liga bilan 
bog‘lanadi. 
Stakkato (italyancha staccato – ajratilgan, alohida) tovushlarni qisqa-
qisqa, bir-biridan pauzalar bilan ajratib ijro etish. Stakkato har bir notaning ust 
yoki ostiga qo‘yilgan nuqta yoki staccato so‘zi bilan ko‘rsatiladi. 
Markato (marcato) – urg‘uli detashedir. Tovush urg‘u bilan boshlanib, 
asta-sekin uning sadolanish kuchi susayib boradi. Notalar o‘zaro alohida-alohida 
pauzasiz bog‘lanadi. 
Non legato (italyancha non legato – bog‘lanmagan) – yumshoq, alohida 
tovushni hosil qilish. Tovushlar oxiri silliq-lo‘nda. Tovushlar o‘zaro qisqa 
pauzalar orqali bog‘lanadi. 
Portato (italyancha portato, portare – ta’kidlamoq, ifodalamoq) – 
tovushlarni bo‘rttirib, tutash ijro etish. Tovush boshlanishi va tugashi yumshoq, 
cho‘zilgan muttasil. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling