Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Umumorkestr-ansambl tayyorgarligiga oid masalalar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Umumorkestr-ansambl tayyorgarligiga oid masalalar 
Orkestr-ansambl tayyorgarligining asosiy maqsadi orkestr musiqachilarida 
birgalikdagi ijro, ya’ni ansambl, ko‘nikmalarini singdirmoqlikdir. Shu jarayon 
bilan bog‘liq bo‘lgan sabablarni yechish (soz, tovush, shtrix), shuningdek, 
tarbiyalash, rivojlantirish. Ijrochilarning mahoratlarini oshirishda doimiy
boshlang‘ich amaliy mashg‘ulotlar majmuasidir. Orkestr sinfining dastlabki 
mashg‘ulotlarida esa orkestr-ansambl tayyorgarligi asosiy ijodiy forma shaklida, 
jamoa bilan shug‘ullanishda o‘quv adabiyoti sifatida o‘rin tutadi. 
Ijrochilik nafasi 
Musiqa asarlarini badiiy va texnik jihatdan to‘g‘ri va sifatli ijro etish 
ijrochilik nafasidan to‘g‘ri va samarali foydalanishga bog‘liq. Ijrochilik nafasi 
nafas olish va chiqarishni ifodalovchi murakkab jarayondir.
Damli cholg‘ularda chalishdan oldin chuqur nafas olinadi. Nafas olish 
maksimal darajada tez bo‘lishi kerak. Ravon, tekis va uzun, cho‘ziladigan 
tovushga erishish uchun silliq, mayin nafas chiqarishni tarbiyalash orqali 
erishish mumkin. Tovushning kuchini orttirish, kuchaytirish uchun havo 
bosimini, ya’ni nafas chiqarish (puflash) kuchini kuchaytiriladi. Tovushni 


 
24 
kamaytirish yoki pasaytirish uchun esa uning aksi – havo bosimini kamaytirish 
kerak. 
O‘quv jarayoni davomida dirijyor tomonidan musiqa frazalarini, ya’ni 
musiqa jumlalarini uzunligini aniqlash ko‘nikmasini, bir nafas yordamida ijro 
etishni bajarishga qaratish kerak. Musiqa jumlasini oxirigacha ijro etmasdan 
yangi nafas olishga yo‘l qo‘yish kerak emas. 
Zarurat tug‘ilganda dirijyor tomonidan alohida partiya, orkestr guruhi va 
to‘liq orkestr uchun nafas olish joylariga aniqlik kiritib belgilanadi.
Dinamika 
Dinamika (yunoncha Dinamikos – kuchli) – musiqa tovushlarining qattiq-
sekin ijro qilinishidir. Dinamika tovushlarning kuchi, musiqiy ijroni ifodalovchi 
muhim vositadir. Dinamika uch turga ajraladi: turg‘un, o‘zgarmaydigan; sekin 
asta o‘zgaruvchi; keskin o‘zgaruvchi. Dinamikaning xillari: rrrmpmffff va 
boshqalar. Tovushlarning eng pastkidan eng balandigacha bo‘lgan kuchining 
sirasi (darajasi) orkestrning dinamik diapazonini tashkil etadi. 
Tovushlarning sekin asta kuchayishi va susayishi – creshendo va 
diminuendo terminlari bilan belgilanadi. Keskin farqli bo‘lgan tovushlarni 
dinamik gradatsiyalarini keskin taqqoslash dinamik kontrastni vujudga keltiradi.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling