Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Orkestr-ansambl mashg‘ulotlari tayyorgarligi jarayonida zarur va kerakli


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Orkestr-ansambl mashg‘ulotlari tayyorgarligi jarayonida zarur va kerakli 
bo‘lgan uslubiy tavsiyalar 
1. Har bir mashg‘ulot uchun o‘quv-mashg‘ulot adabiyotlarini – gammalar, 
etyudlar, mashqlar, pyesalarni tanlashda muhim uslubiy tamoyilga – 
oddiylikdan-murakkablikka amal qilish. 
2. Mashg‘ulotlarni o‘tkazish dasturlari asosida va orkestrning ijro mahorati 
darajasini nazarda tutib mashg‘ulotlarni tashkillashtirishda aniq musiqa 
asarlarida badiiy masalalarni hisobga olib, diqqatni muhim va kerakli mavzuni 
yechishga qaratish. 
3. Mashg‘ulotlarni umumorkestr tarkibida va alohida orkestr guruhlariga 
istisnosiz epizodik murojaat qilgan holda, ba’zi sharoitlarda esa alohida 
ijrochilarga e’tibor qaratish shaklida o‘tkazish. 


 
34 
4. 
Musiqachilarning 
mustaqil 
tayyorgarliklaridan 
ba’zi 
ijrochilik 
mahoratlarni oshirishda foydalanib, maqsadga yo‘naltirilgan holda qo‘llash. 
5. Barcha o‘quv masalalarini yechishda mashg‘ulotlarga bir biriga 
bog‘liqlik va o‘zaro bog‘liqlik holda yondashish. 
Doim shuni esda tutish kerakki, sof (tovush) soz va uyg‘unlashgan, tartibga 
solingan ansambl ijrosi dirijyor yoki orkestr rahbarining diqqat markazida 
bo‘lishi orkestr ijrochiligining o‘ta muhim talablaridan biridir. 
O‘zbekiston Davlat Madhiyasining
ijrosi bo‘yicha uslubiy tavsiyalar 
Madhiya (Gimn yunoncha Hymnos – tantanali qo‘shiq) – badiiy-ramziy 
ma’noga ega asar, qo‘shiq. Davlat madhiyalari, harbiy, diniy, tarixiy voqealarga 
va qahramonlarga bag‘ishlangan madhiyalar, shuningdek, inqilobiy va talabalar 
madhiyalari (gimnlari) turlari bor. 
Davlat madhiyalari rasmiy tantanalarda, voqealarda, harbiy marosimlarda 
ijro etiladi. O‘zbekiston Davlat Madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi Mutal 
(Mutavakkil) Burhonov musiqasi bilan 1993 yilda yaratilgan. 
Gimn janri kompozitorlarning simfonik, opera, xor ijodida ham ko‘rinadi. 
Masalan: L.Betxovenning 9 simfoniyasi final xori (Shiller odasi), M.Glinka 
«Ivan Susanin» final xori (Slavsya), A.Dvorjakning «Gimn» kantatasi, 
R.Glierning «Медный всадник» baletidan «Гимн великому городу» asarlari 
shular jumlasidandir. 
Gimn ijrosi alohida tantanavorlikni, ulug‘vorlikni, ko‘tarinkilikni va 
qat’iyatni talab qiladi. 
Davlat madhiyasi bu davlatning ramzi va xalqimizning g‘ururidir. Har bir 
o‘quvchi madhiyaning matnini yoddan bilishi va har bir so‘zini chuqur anglashi 
zarur. Orkestr rahbari, avvalambor, yuqoridagi talablarni bajarishda 
cholg‘uchilarga madhiyamiz haqida barcha ma’lumotlarni berishi va ularda 
hurmat-e’tibor va vatanparvarlik hislarini rivojlantirishi muhim. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling