Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- I saf qator II saf qator III saf qator IV saf qator
- I saf qator II saf qator III saf qator IV saf qator V saf qator
- Tamburmajor. Bunchuk. Lira
I saf qator
II saf qator III saf qator Kornet I Alt I Tenor II Kornet II Alt II Katta baraban, tarelkalar Truba Tenor I Kichik baraban Klarnet Bariton Bas 30 16 ijrochi (4x4) I saf qator II saf qator III saf qator IV saf qator Kornet I Klarnet I Alt I Kichik baraban Kornet II Klarnet II Alt II Katta baraban Truba Tenor I Tenor II Tarelkalar Fleyta Bariton Trombon Bas 20 ijrochi (5x4) I saf qator II saf qator III saf qator IV saf qator Kornet I Klarnet I Valtorna I Kichik baraban Kornet I Klarnet I Valtorna II Katta baraban Kornet II Klarnet II Tenor II Tarelkalar Truba I Klarnet II Tenor I Bas I Truba II Fleyta Bariton Bas II 30 ijrochi (6x5) I saf qator II saf qator III saf qator IV saf qator V saf qator Kornet I Klarnet I Saksofon alt Alt I Trombon I Kornet I Klarnet I Saksofon tenor Alt II Trombon II Kornet II Klarnet II Tenor I Tenor II Trombon III Kornet II Klarnet II Bariton Tarelkalar Suzafon Truba II Fleyta Valtorna II Katta baraban Bas II Truba I Pikkolo Valtorna I Kichik baraban Bas I 36 ijrochi (6x6) I saf qator II saf Qator III saf qator IV saf qator V saf qator VI saf qator Kornet I Goboy Klarnet I Bariton Fagot Trombon I Kornet I Saksofon alt Klarnet I Tenor I Al I Trombon II Kornet II Saksofon tenor Klarnet II Tenor II Alt II Trombon III Kornet II Fleyta II Klarnet II Valtorna III Tarelkalar Suzafon Truba II Fleyta I Klarnet III Valtorna II Katta baraban Bas II Truba I Pikkolo Klarnet III Valtorna I Kichik baraban Bas I 31 36 ijrochidan iborat orkestr, keng va boy repertuarli asarlardan tashkil topgan dasturlarni ijro eta oladi. Bu tarkibda barcha musiqa asboblari safdan joy olgan. Yuqorida berilgan orkestrlarni safdagi ko‘rinish tizimi yoki damli va zarbli cholg‘ularni qatorlarda joylashuvi taxminiydir. Orkestrlarni tarkibi musiqachilarga bog‘liq bo‘lib, mavjud musiqa asboblarning qatnashishiga uzviy bog‘liq. Masalan, saksofonlar, trombonlar, valtornalar va boshqa cholg‘ular guruhlarining tarkibi to‘liq bo‘lmasligi mumkin. Goboy, klarnet Es, fagot cholg‘ulari ko‘pincha safdan joy olishmaydi. Shuningdek, orkestrni saf qatoriga boshqa ob’ektiv yoki sub’ektiv muammolar ham sabab bo‘lishi mumkin (ob- havo, repertuar janrning yo‘nalishlari, asboblar nosozligi va h.k.). Yuqoridagi misollarni nazarda tutib dirijyor orkestr tarkibini tuzishi va musiqachilarni joylashtirishi mumkin. Chet el orkestrlari tarkibida oldingi qatorda trombonlar, saksofonlar joylashishi ham amaliyotda ko‘plab uchraydi. Tamburmajor. Bunchuk. Lira Tamburmajor (fransuzcha tambour – major, tambor – baraban va major – katta, bosh) – qadimda harbiy bo‘linma, polkda katta barabanchi yoki bosh barabanchi. Tamburmajor lavozimi ilk bor 1651 yil Fransiya armiyasida ta’sis qilindi. Rossiyada esa 1815 yilda undan foydalanish joriy qilindi va 1865 yildan polklarda, 1881 yildan gvardiyalarda bekor qilindi. Tamburmajorchi avvalo – polkdagi bosh barabanchi, keyinchalik – harbiy orkestrni harakat marshida boshqaruvchi shaxs bo‘lgan. Tamburmajorchi etib odatda baland bo‘yli unter-ofitser tayinlangan. Uning libosi juda ko‘rkam, har xil taqinchoqlar va bezaklar bilan bezatilgan bo‘lishi lozim bo‘lgan. U o‘ng qo‘lida oltin rangli dumaloq tutqa, keng qilib, qo‘shib to‘qilgan tasma (jiyak, uqa)li popuk, shokila osilib turgan jezl (tayoqcha) – tamburmajor yordamida foydalanib turli aniq harakatlari bilan damli orkestrning ijrosini va safdagi harakat elementlarini boshqargan. Tamburmajorning asosiy vazifasi orkestrning safda boshqaruvini osonlashtirish, musiqachilar harakatlarini maksimal darajada muvofiqlashtirib, ijro temp sur’atini aniq ushlash va dirijyor ko‘rsatmalarini takrorlab ko‘rsatib uzatishdan iborat. Ko‘p sonli Terma orkestrlarni boshqarishda tamburmajorni o‘rni juda kattadir. Tamburmajor yordamida beriladigan shartli belgilar musiqachilar harakatlarini aniq va chiroyli bajarishlariga yordam berib, estetik jihatdan ahamiyat kasb etadi. Damli cholg‘ular orkestrini saf chiqishlarida emotsionallikni oshirib, yorqin bayramona ko‘rinish beruvchi Bunchuk va Liralar o‘zgacha fayz, jilo hamda tarovat baxsh etadi. BUNCHUK (turkcha buncuk) – zarbli cholg‘u asboblarga taalluqli bo‘lib, yog‘och dastali, metalldan bo‘lgan ikki tomoni figurali bezakka 32 qo‘ng‘iroqchalar osilgan bo‘lib, uning ikki uchiga otning yolidan kokil ko‘rinishidagi ikki shokila osilib turadi. Uni yengil silkitish va yerga asta urib qo‘ng‘iroqchalarini tebratish yo‘li bilan ijro etiladi. LIRA – bu lira cholg‘usi shaklida bo‘lgan va uning markaziga metallofon o‘rnatilgan zarbli cholg‘udir (metallofon, lotincha – metallum – metall va yunoncha phone – tovush, ovoz). Liradan safda foydalanilganda yelkadan o‘tkazilgan tasma kamarga o‘rnatib olib yuriladi. Ijrochi bir qo‘li bilan kamarga o‘rnatilgan liraning muvozanatini ushlab turib, ikkinchi qo‘li bilan maxsus bolg‘acha yordamida urib ijro etadi. Orkestr safi o‘rta qatorining markazida Bunchuk va uning ikki yonida esa ikki Lira teng oraliqda joylashadi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling