Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Orkestr bilan safda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga oid umumiy
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
Orkestr bilan safda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarga oid umumiy
uslubiy tavsiyalar Damli cholg‘ular orkestri konsert faoliyatining yana bir ko‘rinishi, bu ochiq havodagi ijrodir. Asosan, damli cholg‘ular orkestri azaldan harbiy maqsadlarda, damli va zarbli cholg‘u asboblarni kuchli ovozga ega bo‘lganligi sababli ochiq, keng jang maydonlarda qo‘shinlarni boshqarish va ularni ogoh qilish uchun maxsus daraklovchi (signal) va turli musiqalardan foydalanilgan. Shuningdek, saroy tantanalarida, marosim va bayramlarda, xalq sayillarida damli cholg‘ular doim asosiy vazifalarni bajarib, diqqat markazida bo‘lgan. Zamonaviy damli cholg‘ular orkestri ishtirokisiz hozirgi kunda davlat rahbarlarini kutib olish, o‘tkaziladigan sport bayramlari, musobaqalar, turli festivallarni tasavvur qilish qiyin. Turli davlatlarda, xalqlarda o‘tkaziladigan tantanalarda damli cholg‘ular orkestrining yurishi an’ana, rasm bo‘lib qolgan. Orkestr musiqachilarining bir xil kiyinib saf tortib yurishlari, turli safda yurish elementlarini va defele mashqlarini bajarishlari chiroyli tomoshalar ko‘rki bo‘ladi. Damli cholg‘ular orkestri musiqachilari safda yurib chalishlari uchun juda ko‘p va muntazam mashg‘ulotlar o‘tkazishlari talab qilinadi. Mashqlar ham harakatlar bilan, shuningdek, sinfda musiqa asarlari ustida alohida ishlashni bosqichma bosqich olib borishni talab qiladi. Orkestr qatnashchilari saf harakatlarini to‘g‘ri bajarish ko‘nikmalarini to‘la egallashlari zarur. Buning uchun ijrosiz safda yurish mashqlarini bajarish ustida ishlash taqazo etiladi. Keyingi bosqich – musiqa asboblari bilan harakatlanish, ularni turli taraflarga burish va turli burchaklar ostida ushlash, ko‘tarish, tushirish va boshqa harakatlarni bajarishni egallashga erishiladi. Orkestr saf repetitsiyalarini unumli o‘tkazilishi shartlaridan biri, o‘quvchilarning o‘z partiyalarini yoddan mukammal bilishlari hisoblanadi. Orkestr saf mashg‘ulotlarini o‘tkazilishidan maqsad, safga oid asarlar repertuarini to‘la egallab, ochiq joyda, musiqachilarni orkestrda o‘zgacha joylashuvi sharoitida ijro etish ko‘nikmalarini egallashlariga erishishdir. 29 Saf orkestr mashg‘ulotlari umumorkestr tarkibi bilan o‘tkaziladi. Dirijyor texnik kamchiliklarni bartaraf qilish uchun vaqtini ketkazmasligi kerak. Shu bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar sinf mashg‘ulotlarida bajarilgan bo‘lishi shart. Shu bilan birgalikda ochiq joyda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlarda guruhlararo qo‘shimcha mashg‘ulotlar zarurati ham tug‘ilishi mumkin. Ochiq joydagi mashg‘ulotlarning farqi shundaki, sinfda o‘tkaziladigan mashg‘ulotlardagi orkestr guruhlari o‘z joylarida emas, balki safda va ular joylashishi bo‘yicha tarqoq holda bo‘ladilar. Saf mashg‘ulotlarini o‘tkazish jarayonida dirijyor guruhlar bilan ularning ovoz kuchlari darajasini, asarning fakturasida asosiy bo‘lgan guruhlarni bir- biriga bo‘ysundirib, muvozanatni o‘zaro muvofiqlashtirishi zarur. Asosiy maqsad melodik ovoz va unga yo‘ldosh tovushlar bilan birgalikda, kontrapunkt, akkompanimentlarni o‘zaro past-baland ovoz tarannumiga erishishdir. Ochiq joyda orkestr ovozini pasayishi va kuchsizroq eshitilishi tabiiy holdir, shuning uchun cholg‘ular ovozlarini kuchaytirish holatlari yuzaga kelishi mumkin. Orkestrning umumovoz kuchini ravonligiga erishish uchun uning tarkibini o‘rganilayotgan asarning tonalligi va cholg‘ulashtirilishi masalalarini hisobga olish kerak. Umumorkestr ovoz kuchini orttirishga, uning safda to‘liq sadolanishiga erishish maqsadida zo‘riqish, bo‘rttirish, haddan ziyod ko‘p kuchli nafas qo‘llashga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Bu esa o‘z yo‘lida ijro etilayotgan asarning badiiy tomonlarini buzilishiga olib keladi. Safda ijro etiladigan asarlar janr yo‘nalishi, hattoki orkestrni bajaradigan vazifasiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, orkestr harakatida milliy cholg‘ular joylashuvi (karnay, surnay, nog‘ora, doyra, nay) orkestrning old qismida bo‘ladi. Orkestr safi harakatdagi kollona boshida joylashib, uzoq masofaga yurilganda damli asboblar guruhi orkestr oldida yoki eshitilishi yaxshi bo‘lishi uchun zarbli guruh safdan chiqib turishi ham mumkin. Orkestrni tashqi ko‘rinishi tizilishi bo‘yicha ham juda katta ahamiyatga egadir. Shuni hisobga olib orkestr ijrochilarini bo‘yiga qarab joylashishlari gohida o‘zgarib turishi mumkin. 12 ijrochi (4x3) Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling