25
Dinamik gradatsiya mashqlarini ijrosi orkestrning dinamik diapazoninig
kengaytirishga ko‘mak berib, uning ijro imkoniyatlarini o‘stiradi.
Sekin-asta o‘zgaruvchi dinamika – dinamikaning kengroq tarqalgan
xillaridan bo‘lib, turli uzunlikka ega bo‘lgan, ravon
dinamik kuchayishlar va
susayishlar, jadallik xos bo‘lgan barcha janrdagi asarlarda mavjud.
Musiqachilardan o‘z nafas imkoniyatlarini taqsimlash,
dinamikaning
jadalligini muvofiqlashtirish, dinamik graditsiyalarni bir vaqtda o‘zgarishini
kuzatish talab qilinadi.
Mashqlar sxemasi:
Keskin o‘zgaruvchi dinamika. Musiqa adabiyotida ko‘plab keskin, kontrast
dinamik taqqoslashlarini uchratish mumkinki, ular
sub. p (
subito piano) – keskin
past
ovoz va sub. F (
Subito forte) – keskin baland ovoz. Bu dinamika turiga
aksentlar
ham aloqador
(lotincha
Accentus – urg‘u, ta’kidlash) biror
tovush yoki akkordni qattiq chalish.
Sforsando (
sfz,
sf,
fz) – tovushni yoki akkordni keskin va qo‘qqisdan ajratib
ko‘rsatish.
Do'stlaringiz bilan baham: