Microsoft Word 77 r nigmatov doc
partiyasida yozilgan bo‘lsa, ijrochi baraban ostida joylashgan prujinali sim
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
partiyasida yozilgan bo‘lsa, ijrochi baraban ostida joylashgan prujinali sim moslamasini tushiradi. Attaca (italyancha attaka – hujum qilmoq) – musiqa asarining bir qismidan ikkinchisiga ko‘chishda to‘xtovsiz o‘tilishini ko‘rsatuvchi belgi. a 2 (a due) – ikki kishi, a 3 (a tre) – uch kishi. Bu belgi bir turdagi asboblarning partiyalarini birgalashib unison bo‘lib chalishga ishora etadi. Pavillon en L’air – fransuzcha so‘z bo‘lib, «rastrub osmonga qarata» degan ma’noni anglatadi. Misli damli cholg‘ularda rastrublarni yuqoriga ko‘tarib ijro etish talab qilinadi. Tacet – musiqa asarlarida ba’zi partiyalar qismlarini yo‘qligida belgilanadi. + – bu belgi bilan valtornada (gohida trubada) yopiq tovushlar beligilanadi. «O» – ochiq tovushga ishora. «0» – gohida natural tovushlar, ochiq applikatura ijrosi belgilanadi. G.P. – General pauza – musiqa asari ijro etilayotganda hamma ijrochilarning bir vaqtda, bir taktdan kam bo‘lmagan miqdorda pauza qilishlari, ya’ni to‘xtashlaridir. Divizi (italyancha divisi – bo‘linish, ajralish, qisqartirilgani – div.) – qo‘sh notalarni yoki akkord tovushlarini bo‘lib, alohida ijro etish. Divisi tugab hamma birgalikda ijro etishi uchun insono (qisqacha – inis.) yoki non divisi – ya’ni bo‘linmasdan, birgalikda ijro etish. 21 AMALIY QISM ORKESTR MASHG‘ULOTLARI Orkestrni sozlash Dastlabki sozlash – orkestrning barcha asboblarini yagona etalondagi tovush balandligiga keltirish, toza intonatsiyaga erishish maqsadida amalga oshiriladigan murakkab jarayon. Orkestrni dastlabki sozlashda avval barcha ijrochilarning cholg‘ularini sof unisonga keltirish zarur. Buning uchun orkestr asboblarini sozlashga kamertondan (nemischa kammerton, kammer – uy, xona va ton-tovush) muayyan balandlikka ega bo‘lgan va aniq tovush beruvchi kichik asbobdan foydalaniladi. Kamertonni turli xillaridan, shuningdek elektron kamertonlardan ham foydalaniladi. Orkestrni sozlashda, shuningdek royal yoki bayandan ham foydalanilish mumkin. Tovush tebranish tezligi sekundiga 440 (444) darajadagi lya I oktava notasi etalon sifatida qabul qilingan. Damli cholg‘ular orkestrini odatda I oktavadagi Si notasiga sozlanadi. Orkestrni dastlabki sozlashda odatda etalon sifatida damli asboblardan goboy yoki klarnetdan foydalaniladi. Agarda aksariyat asboblarni sozi bu standartdan balandroq yoki pastroq bo‘lsa boshqa asboblarni sozini shunga ko‘ra ko‘tarish yoki tushirish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, asboblarni umumiy sozini amalda ko‘tarish, tushirishga nisbatan mushkullroqdir. Orkestrni sozlashda natural tovushlardan boshlash maqsadga muvofiqdir. Masalan avval si I oktava notasini alohida sozlab, keyin kvintaga yuqoriga (re) va pastga (mi ) notalarini ketma-ket davomli ijro etib sozlash kerak. Sozni aniqligini intervallardan taqqoslash yo‘li bilan ketma-ket yoki baravar ijro etish orqali tekshiriladi. Buning uchun ijrochilarning bir qismi asosiy ton (si ) tovushini, qolganlari – fa yoki mi notasini ijro etadilar. Si notasiga tayangan holda kvinta fa yuqoriga, keyin kvinta pastga Mi tovushlariga tuzatishlar kiritiladi. Keyin, aksincha, kvinta tovushlarini ijrochilarni asosiy ton (si ) notasini ijro qilsalar, qolgan ijrochilar kvinta notalarini ijro etib sozlarni tekshiradilar. Orkestrni sozlash jarayonini boshqa damli asboblarga xos bo‘lgan natural tovushlar tuzatilishi yordamida davom ettirish mumkin. Si asosiy tovushga tayangan holda unison qilib kvarta, kvinta, tersiya va oktava oraliqlari ijro etilib sozlanadi. Bu intervallarni ijro etishda ham yuqoridagi keltirilgan usuldan foydalaniladi. Damli cholg‘ularni sozlashda, aniqlik misli damli cholg‘ularda umumiy kron yordamida, yog‘ochli damli cholg‘ularda fleytada bosh qismi yordamida, 22 goboyda tili yordamida, klarnetda bochyonok va mundshtuk, fagotda tiliga o‘rnatiladigan moslamasi (es) yordamida erishiladi. Yuqorida to‘xtalgan cholg‘ularini sozlash usullari gorizontal bo‘yicha bo‘lib, bu melodik sozlash turiga mansubdir. Asosan, sof unisonga erishish, sozni aniqligi, uni barqarorligi, mustahkamligi sifatlariga erishishga qaratilgan. Garmonik sozlash – orkestrni sozlash jarayonini davomiy va yakuniy bosqichi bo‘lib, melodik sozlashni qay darajada bajarilganligini aniqlab beradi. Garmonik sozlash gammalarni, arpedjio, kadanslar, turli akkordlar ketma- ketligi va maxsus mashqlarni ijro etish orqali bajariladi. Dirijyor garmonik sozlash mashqlarini bajarish vaqtida, o‘quvchilarning e’tiborlarini lad tovushlarini o‘zaro tortishish prinsiplariga amal qilgan holda, diqqatlarini jalb qilib, major-minor, septakkordlar, T-S-D va boshqa akkordlar tovushlarini joylashishlari intonatsiyalariga qaratishi zarur. Mashg‘ulotlar uchun mashqlar sifatida major yoki minor ladlari, dominanta, dominantseptakkordlarni guruhlararo ketma-ket va bir vaqtda chalish usulidan foydalanish mumkin. Shuningdek, O‘zbekiston davlat madhiyasining birinchi yoki oxirgi akkordlaridan va boshqa asarlardagi tanish akkordlardan foydalanish katta samara beradi. Masalan, dirijyor akkord tovushlarining nomini aytadi (asosiy ton, kvinta, tersiya, septima), o‘quvchilar esa uning ko‘rsatmalariga binoan navbatma-navbat ularni ijro etadilar. O‘quvchilarda ijro vaqtida sof intonatsiya ko‘nikmalarini tarbiyalash – murakkab ijrochilik vazifalaridan biri hisoblanadi. Shuni ta’kidlash zarurki, orkestrni sozlash jarayonida, odatda musiqa asboblarining qulay diapazonlari notalarida amalga oshiriladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling