Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

CCDD va arab sonlari 12345101520 yoki 10203040 ko‘rinishida 
to‘g‘ri burchakli ramka ichida taktlar chegaralarida yoziladi. 
Abbreviaturalar
Abbreviatura (italyancha abbreviatura, lotincha brevia – qisqartirish) – 
nota yozuvini qisqartirish va o‘ng‘aylashtirish belgilari asarlarning qismlarini 
yoki bir nechta taktlarini, tovushlarni ko‘plab takrorlaganda, qisqa figuralarni 
yoki ijro belgilarini, qo‘shimcha chiziqlarda oktava baland yoki past ovozlarni 
yozilishi, shuningdek, melizmlar ham ayrim hollarda abbreviaturalarga kiradilar. 
Partiturada musiqa cholg‘ularini va ba’zi atamalarni ko‘rsatish (col Flauti
glissandosimile va boshqalar) shular jumlasidandir. 


 
17 
Repriza
Repriza (fransuzcha reprise – qaytarilish) musiqa asari yoki uning ayrim 
qismini takrorlash uchun qo‘yiladigan belgi 
Volta (italyancha volta – volta) musiqa asarining ma’lum qismini qayta 
takrorlashda turlicha tugatish uchun qo‘yiladigan belgi. 
 
 
 
 
Oktavalik punktir 
Oktavalik punktir – bu 8 (oktava) soni ko‘rinishidagi keyingi punktir 
chiziqli shartli belgi. Nota matni ustiga qo‘yilganda oktava yuqori ijro etiladi. 
Nota matni ostiga qo‘yilganda esa oktava past ijro etiladi. 


 
18 
Glissando. Frullato 
Glissando (italyancha glissand – sirg‘anib) – bir tovushdan ikkinchi 
tovushga sirg‘anib o‘tish. Glissando asosan torli cholg‘u asboblari ijrosida 
uchraydi (xalq cholg‘u asboblari, arfa, fortepiano va boshqa musiqa asboblarida 
ham bu usulda ijro etish mumkin). Damli cholg‘ular orkestri tarkibida glissando 
ijrochilik usuli, asosan, trombonning kulisasi harakati yordamida amalga 
oshiriladi. Glissando ijro usulidan klarnetda barmoqlarni klapan ustida 
sirg‘antirish bilan bir vaqtda ijro apparatini keskin taranglatish va nafas bosimini 
kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi. Truba, valtornalarda ham ijro apparatini 
keskin taranglatish yoki bo‘shatish bilan erishiladi, faqat klapanlarni baravariga 
to‘liq bosmagan holatda nafas bosimini jadal kuchaytirish yoki susaytirish orqali 
ijro etiladi. Trombondan farqliroq glissandoni klarnet, truba, valtorna 
asboblarida ijro etishda musiqachidan katta tayyorgarlik va mahorat talab 
qilinadi. Glissando ijrosi musiqa asarlarida juda kam uchraydigan ijro 
yo‘llaridan biri bo‘lib musiqa asarlarida koloritli yorqin tovush effektlarini 
beradi. 
Frullato – orkestr partiyalarida kam uchraydigan, zamonaviy ijrochilik 
yo‘li bo‘lib, notalarni «Fur» bo‘g‘imi yordamida tebratib chalish usulidir. 
Frullatodan orkestr ijrosida faqat «solo» musiqa parchalari ijro etilganda 
foydalanadi. Frullato fleytada ijro qilinganda o‘zgacha eshitilib, asar ohangligiga 
jilvali xarakter beradi. Frullato ambushyurali asboblardan, ya’ni mundshtuk 
yordamida chalinadigan cholg‘ulardan truba, valtorna, trombon va boshqa 
orkestr partiyalarida ham uchrab turadi. Frullato xalq musiqalaridan olingan 
ayrim kuy parchalarini yangicha talqin qilib, zamonaviy musiqa tilida ijro etish 
orqali tovush effektlari berish ijro usulidir. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling