Microsoft Word 77 r nigmatov doc


  Damli va zarbli cholg‘ular klassifikatsiyasi


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

 

Damli va zarbli cholg‘ular klassifikatsiyasi
(tasnifi) 
 
Damli musiqa cholg‘ulari tovush hosil qilish bo‘yicha umuman turli-tuman 
sifatlarga ega. 
Fleytalar – tovush hosil qilish sifati bo‘yicha hushtakli cholg‘ularga kiradi. 
Tilcha, ya’ni naypachoq (qamishdan yasalgan moslama
1
) yordamida tovush 
hosil qilish bo‘yicha goboy, klarnet, fagot, saksofonlar – tilchali (trostli) 
cholg‘ularga kiradilar. 
Mundshtuk
2
– orqali ijrochi lablarining harakati yordamida tovush hosil 
qiluvchi misli cholg‘ular ambushyurlilarga
3
kiradilar.
Zarb bilan urish orqali tovush beradigan cholg‘u asboblar zarbli asboblar 
deb ataladi. Ulardan foydalanishda maxsus bolg‘acha, cho‘p, kalitcha va shu 
kabi predmetlar ishlatiladi. Zarbli cholg‘ular ikki turga bo‘linadi:
a) ma’lum balandlikka ega bo‘lgan zarbli asboblar – litavralar, ksilofon
kolokol va boshqalar; 
b) ma’lum balandlikka ega bo‘lmagan zarbli asboblar – katta va kichik 
barabanlar, tarelkalar, tam-tam va boshqalar. 
Zarbli cholg‘u asboblarining turlari juda ko‘p. Ularni turli xalqlarda 
uchratish mumkin. Xususan, o‘zbeklarda doyra, nog‘ora, do‘l, qoshiq, safoil, 
qayroq va boshqalar. 
Damli cholg‘ular tovushining tembri
4
tovush tebranishini hosil qilish (trost, 
mundshtuk) va menzuraning
5
katta-kichikligiga bog‘liq. 
 
 
1
Qamishning «Arundo Donax L» navidan maxsus yasaladi. Goboy, ingliz burg‘usi – shtift 
moslamasiga o‘rnatilgan trost yordamida foydalaniladi. Fagotning trosti qamishni o‘zidan qolipga 
solib chiqariladi. Goboy va fagotning trostlari ikki tomonli bo‘ladi. Klarnet va saksofonlarning 
trostlari faqat bir tomonli bo‘lib, ularning farqi trostlarining katta-kichikligida. Trostlar mundshtuk 
moslamasiga o‘rnatiladi. 
2
Mundshtuk (nemischa Mundstuck, Mund – og‘iz va Stuck – bo‘lak) – damli mundshtukli 
cholg‘ularning qismi. Piyolasimon shaklga ega bo‘lgan trubkasimon naychaga ulanib ketadigan 
moslama. Misli damli cholg‘ularning mundshtuklari asosan metalldan yasaladi. Klarnet, 
saksofonlarning mundshtuklari esa plasstmassadan va shishadan, shuningdek metalldan ham yasaladi. 
Ijro vaqtida ijrochi mundshtukka lablarini zich, mahkam siqib til va nafas yordamida tovush hosil 
qiladi.
3
Ambushyur (fransuzcha embouchure, bouche – og‘iz) – tovush hosil qilish uchun lablar va 
tilning holati. 
4
Tembr – tovush tusi, musiqa cholg‘u asboblarining yoki qo‘shiqchilarning o‘ziga xos tovush 
xarakteri. 
5
Menzura – damli cholg‘u asboblari devorlarining (trubkasi) kengligini uning uzunligiga 
nisbatidir. 



Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling