Microsoft Word 77 r nigmatov doc


  Orkestr haqida umumiy tushunchalar


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

 

Orkestr haqida umumiy tushunchalar 
Orkestr ko‘p sonli musiqachilar jamoasidan tashkil topgan va dirijyor 
tomonidan boshqariladigan turli musiqa cholg‘ulari hamda maxsus yozilgan 
musiqa asarlarini ijro etadigan murakkab organizmdir.
Orkestrlar tuzilishi va bajaradigan funksiyalari hamda janr yo‘nalishlaridan 
kelib chiqish jihatidan bir necha xillarga bo‘linadi: Simfonik orkestr, Torli 
orkestr, Kamer orkestr, Damli cholg‘ular orkestri, Estrada-simfonik orkestri, 
Xalq cholg‘ulari orkestri, Jaz-orkestr, shuningdek neopolitan orkestri (gitaralar 
va mandolinalardan tashkil topgan), bayanchilar orkestri (bayan, akkordion, 
garmon va konsertinlardan tashkil topgan). 
Orkestr yunonchadan «Orshềstra» – qadimgi yunon teatrlari sahnasi 
oldidagi joy ma’nosini anglatadi. 
XVII asr boshlarida teatr va konsert orkestrlari tarkibi fleytalar, goboylar, 
trubalar, skripkalar, arfa va boshqa qadimgi musiqa cholg‘ularidan tashkil 
topgan edi. Keyinchalik orkestrning tarkiblarini boshqa musiqa cholg‘ulari bilan 
birgalikda damli cholg‘ular ham to‘ldira boshladilar. XVII asrning oxirlarida 
fagotlar va trombonlardan orkestr ijrochiligida foydalanila boshlandi. XVIII 
asrda esa orkestrlar tarkibiga klarnet va valtornalar kirib keldi.
Ijrochilikning eng yuksak, yuqori cho‘qqisi biz bilamizki, bu orkestr 
ijrochiligidir. Orkestrda ijro etish omillarini, tamoyillarini o‘quvchilarda birinchi 
mashqlardan boshlab shakllantirish zarur. Birinchi mashg‘ulotlardan boshlab 
o‘quvchi orkestrda hammaning mehnati bir maqsadga yo‘naltirilganligini, 
musiqachilar bir tanu bir jon bo‘lib, dirijyor tomonidan qo‘yilayotgan talablarga 
bir xil javobgarliklarini anglashlari muhim. 
Orkestr ijrochiligida qabul qilingan o‘ziga xos qonun-qoidalar va tartib-
intizom mezonlari belgilab qo‘yilgan. Ijrochi orkestrda qaysi guruh qayerda 
joylashganligini va o‘zi qaysi guruh tarkibida ekanligini aniq bilishi lozim. 
Damli cholg‘ular orkestri boshqa orkestr jamoalaridan ijro uslublari va 
boshqa ko‘p jihatlari bilan farq qilganidek, damli cholg‘ular musiqachisining 
faoliyati ham boshqacharoqdir. Farqlarning asosiy tomonlari bu – musiqa 
cholg‘ularida 
ijro 
texnologiyasi 
va 
musiqa 
cholg‘u 
asboblarining 
konstruksiyalaridadir. 
Damli cholg‘ularida ijro etishda o‘quvchilardan juda katta jismoniy kuch 
talab qilinadi. Shu sababli yosh organizmdagi bu vaqtda o‘tadigan tabiiy 
fiziologik o‘zgarishlarni inobatga olish o‘ta zarur. Bu esa o‘quvchidagi jismoniy 
va psixologik jarayoni oqilona hisobga olib, o‘ziga yarasha yondashishni talab 
qilinadi. Shuning uchun dastlabki mashg‘ulotlardan boshlab o‘quvchilardan 
tug‘ri o‘tirish, cholg‘ularni to‘g‘ri ushlash va ijro vaqtida ulardan to‘g‘ri 
foydalanish, nafas olish va ko‘pgina boshqa ijrochilik bilan bog‘liq sabablar 
dirijyor tomonidan qattiq kuzatilishi va kamchiliklar esa diqqat nazaridan chetda 
qolishiga yo‘l qo‘ymaslik zarur. Chunki yo‘l qo‘yilgan har qanday xato yoki 
kamchiliklar pirovard natijada o‘quvchining sog‘lig‘i uchun zararli bo‘lishi 


 

mumkin. Boz ustiga jismoniy zo‘riqish ijrochi-o‘quvchini tez charchatib, 
qo‘yilgan vazifalarni bajarishda ko‘p muammolar keltirib chiqaradi.

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling