Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bosqich
Ikkinchi bosqich – orkestr guruhlari bilan alohida va birgalikda ishlash
jarayoni hisoblanadi. Odatda orkestr uch guruhga – melodik ovozlar, akkompanement va zarbli asboblarga bo‘linadi. Guruhlar bilan ishlashda asosiy e’tibor guruhlarda o‘zaro soz sofligiga, shtrixlarni ijro etishda aniqlik va bir xillikka, dinamik past balandligiga qaratilishi kerak. Mashg‘ulotlarda o‘z partiyasini yetarli darajada o‘zlashtirmagan o‘quvchilar aniqlansa, ular bilan qo‘shimcha mashg‘ulotlar o‘tkazilishi darkor. Qo‘shimcha mashg‘ulotlarni o‘tkazishda dirijyorga mutaxassislik bo‘yicha o‘qituvchi ko‘magi kerak bo‘ladi. Uchinchi bosqich – umumorkestr mashg‘ulotlari. Mashg‘ulotlar jarayonining oxirgi bosqichi bo‘lib hisoblanadi. Bu bosqichda asosiy diqqat o‘rganilayotgan asarning badiiy-g‘oyaviy mazmunini yoritishga qaratiladi. Mashqlar shaxsan dirijyor tomonidan to‘liq orkestr tarkibi bilan o‘tkaziladi. Dastlab asar ustida ishlash jarayonida, ayniqsa, damli orkestrning safga oid repertuari mashg‘ulotlarini zarbli cholg‘ular guruhisiz o‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Orkestr bilan asosiy vazifalar bajarilganidan so‘nggina zarbli cholg‘ular guruhi bilan birgalikda yakunlovchi bosqich mashg‘ulotlari o‘tkaziladi. Umumorkestr mashg‘ulotlarida dirijyor zarur sur’atli tempda, orkestr guruhlari va alohida orkestr partiyalarini sadolanishlariga erishishi kerak. Shuningdek, dinamik kontrastlar, shtrixlar va musiqiy jumlalar ustida ishlab, ularni pishitmoq zarur. Mashg‘ulotlar qiziqarli, rejali, jonli va jiddiy tusda, ortiqcha vaqt sarflamasdan olib borilishi kerak. Dirijyor mashg‘ulotlar davomida 28 talabchan, kerakli joylarda orkestrni to‘xtatib, lozim bo‘lgan o‘zgartirishlarni kiritib, xatolarni to‘g‘rilashga, bartaraf etilishiga erishishi kerak. Biroq, ortiqcha, ketma-ket yoki tez-tez to‘xtatishlar o‘quvchilarni asabiylashtirib, charchatadi va qiziqishni so‘ndiradi. Oqibatda mashg‘ulotlar zerikarli tus oladi. Shuning uchun unchalik ahamiyatsiz kamchiliklarni mashg‘ulotlar oxiriga qoldirgan ma’qul. Mashg‘ulotlar davomida orkestrni muntazam to‘xtatishlar sababi – avvalgi bosqichlarda yetarlicha ish olib borilmaganidandir. Bunday hollarda umumiy orkestr mashg‘ulotlarini to‘xtatib, guruhlararo mashg‘ulotlarga qaytish zarur. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling