Microsoft Word 77 r nigmatov doc
Dastlabki mashg‘ulotlarga kirishish
Download 3.35 Mb. Pdf ko'rish
|
Kitob 1325 uzsmart.uz
Dastlabki mashg‘ulotlarga kirishish
Orkestr mashg‘ulotlari har doim birgalikdagi ijroga kirishishdan boshlanishini o‘ta muhimligini, har bir orkestr ijrochisi ongli ravishda idrok etishi shart. Mashg‘ulotlarni muntazam ravishda o‘tkazish orkestr-ansambl mashg‘ulotlarining muhim shartlaridan biridir. Har qanday vaziyat, sharoit, vaqt ziqligi, o‘yinlarning ko‘pligi va h.k. orkestr-ansambl mashg‘ulotlarini bekor qilish yoki uni ko‘chirishga sabab bo‘la olmaydi. Mashg‘ulotlar faqat vaqtdan qisqartirilishi mumkin, lekin o‘tkazilishi shart. Mashg‘ulotlarda mashqlarga shunchaki yuzaki yondashish mumkin emas. Shu sababli dirijyor tomonidan o‘quv masalalarini yechishga aniq talablar qo‘yilib, ularni bajarilishi sifatli hamda talab darajasida bo‘lishi ta’minlanishi zarur. Orkestr jamoasi tomonidan ansambl ijrochiligining doimiy rivoji ta’minlanishi uchun dirijyor dars jarayonida o‘ta talabchan bo‘lishi zarur. Avvalambor, ijro davomini ayrim katta yoki kichik xatolarga, kamchiliklarga, noaniq soz, noritmik holatlarga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Kamchiliklarni ko‘rsatish 23 va aniqlash bilan birgalikda, dirijyor ularni qay tarzda bartaraf qilishni ham maslahat berib, ularni to‘g‘irlashga erishishi kerak. Orkestr rahbarining talabchanligi oxir oqibatda darslarda sezilarli natijalar bera boshlaydi. Har bir mashg‘ulotlar – ikki yo‘nalishda: 1) Doimiy, shartli kompleks mashqlar; 2) O‘quv dasturida ko‘zlangan mavzulardan birini bajarish bilan olib borilishi kerak. Doimiy kompleks mashqlarga ketma-ketlik tartibidagi mashqlar parchalari, gammalar ijrosi, arpedjio mashqlari, melodik intonatsiyaga doir mashqlar va garmonik intonatsiyani qamrovchi katta va kichik mashqlarni kiritish kerak. O‘quv dasturida belgilangan mavzularga oid mashqlar, orkestr repetitsiyasiga aloqadorligiga qarab tanlanadi. Orkestrni repetitsiyaga yoki konsert chiqishlaridan oldin sozlashga va tayyorlashga 15 minutdan kam bo‘lmagan vaqt talab qilinadi. Orkestr-ansambl tayyorgarligiga o‘rtacha 30 daqiqa ajratilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bu qisqa vaqtdan unumli foydalanish uchun dirijyordan mashg‘ulotlarni yaxshi tashkillashtirish, orkestr sinfini tayyorlash, nota adabiyotlari bilan ta’minlash, mashg‘ulotlarni maqsadli, qiziqarli o‘tkazish talab etiladi. Download 3.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling