Microsoft Word 77 r nigmatov doc


Intonatsiya ustida ishlash


Download 3.35 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/27
Sana12.11.2023
Hajmi3.35 Mb.
#1767916
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27
Bog'liq
Kitob 1325 uzsmart.uz

Intonatsiya ustida ishlash 
O‘zbekiston Davlat Madhiyasi o‘rganiladigan mashg‘ulotlarda damli 
orkestr cholg‘ulari bilan intonatsiya ustida diqqat bilan astoydil ishlash talab 
qilinadi. Bular:
– Birinchi akkord; 
– Takt oldi punktir notalar; 
– Birinchi taktdagi yarimtalik nota; 
– Melodik ovozlar; 
– Garmonik (akkompanement); 
– Fanfara-signallar; 
– Yakunlovchi akkord. 


 
35 
Gimn intonatsiyasi ustida ishlash davomida barcha ijrochilardan 
tovushlarni aniqlik bilan sadolantirishlari tavsiya qilinadi. Masalan, birinchi 
akkordda:
1
– asosiy tovush – Re
– yuqori tovush – Lya.
Keyingi jarayonda guruhlarda sof kvinta intervalini sadolanishiga kirishish 
kerak. Buning uchun quyidagi mashqlar bajariladi: 
1) Guruhlarda sof kvintani sozlash: 
– trubalar-kornetlar; 
– trombonlar-baritonlar-tenorlar; 
– valtornalar-altlar-saksofonlar; 
– fleytalar-goboylar-klarnetlar; 
– baslar-fagotlar;
2) Guruhlararo tovush balandligini qiyoslash, solishtirish uchun o‘rta 
tesseturadagi barqaror guruh tanlanadi: 
valtornalar, saksofonlar, altlar 
Trubalar-kornetlar
trombonlar-baritonlar, tenorlar 
fleytalar, goboylar, klarnetlar 
3) Guruhlarni har xil ketma-ketlikda, ustma-ust qo‘yish yo‘li bilan 
qiyoslash.
Trubalar, kornetlar 

Valtornalar,saksofonlar, altlar 

Trombonlar, baritonlar, tenorlar 

Fleytalar, goboylar, klarnetlar 

Masalan: 
Baslar, fagotlar 
1
Madhiya muallifi kesilgan (усеченная) dominanta akkordidan foydalangan. 


 
36 
4) Umumorkestr sadolanishida shartli ishora bilan orkestrni to‘xtatgan 
holda, tovush balandligini aniqlash maqsadida kerakli guruh qoldirilib, 
intonatsiyasi tekshiriladi. Masalan: 
Umumorkestr 
Fleytalar, goboylar, klarnetlar 
yoki 
Umumorkestr 
Valtornalar, saksofonlar, altlar va 
hokazo 
5) Ijrochilarda har qanday dinamikada intonatsiyani saqlab qolish 
ko‘nikmalarini tarbiyalash: rrrr. 
Shu xildagi metodik usullardan foydalanish orqali O‘zbekiston Davlat 
Madhiyasi ijrosida boshqa intonatsion noaniqliklarni ham bartaraf qilishga 
erishiladi. 
Ohang, kuy ustida ishlash alohida yondashishni talab qiladi. Melodik 
liniyaning ustida yetarli darajada ishlash orqali intonatsiya aniqligiga erishish 
mumkin (fleyta, goboy, klarnet, truba, kornet, tenor, bariton). Bu ish jarayoni, 
ya’ni, gimn intonatsiyasi ustida ishlash eng sermehnat, dirijyor hamda 
musiqachilardan qunt-matonat talab qiladi. 
Orkestr sozining sofligiga intonatsiya ustida yakka va guruhlar bilan jiddiy 
va puxta ishlash natijasida erishiladi. 

Download 3.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling