Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


-bob. Mayyit olib ketilayotganini ko’rganda aytiladigan zikr


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

122-bob. Mayyit olib ketilayotganini ko’rganda aytiladigan zikr 
Tobutni ko’rganda: 
«Subhanal hayyillaziy la yamut» (Hargiz o’lmaydigan, abadiy tirik zot Alloh pokdir), deb 
aytish mustahabdir. Yoki Abulmahosin Ravyoniy «Bahr» nomli kitoblarida 
keltirganlaridek,
«La ilaha illallohu hayyullaziy la yamut», deb aytib, so’ng mayyitni yaxshilik bilan 
eslanadi va uning haqqiga duo qilinadi. 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
123-bob. Mayyitni qabrga qo’yayotganda o’qiladigan duo 
416/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom mayyitni qabrga 
qo’yayotganlarida:
«Bismillahi va ‘ala sunnati rosulillah», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohning ismi bilan, 
Rasulullohning sunnatlariga muvofiq.) Abu Dovud, Termiziy, Bayhaqiylar rivoyati 
(Bizning mazhabda «‘ala sunnati»ning o’rniga «‘ala millati» deyiladi. – Tarj.) 
 
124-bob. Dafndan keyin aytiladigan zikrlar 
Mayyitni qabrga qo’yayotgan kishi mayyitning bosh tomoniga uch chimdim tuproq sochib 
qo’yishi sunnatdir. Ba’zilar: «Birinchi sochishda «Minha xolaqnakum» (Sizlarni undan 
(tuproqdan) yaratdik), ikkinchi sochishda «Va fiyha nu’iydukum» (Unga yana sizlarni 
qaytarurmiz), uchinchi sochishda: «Va minha nuxrijukum tarotan uxro» (Sizlari yana bir 
bor undan chiqarurmiz), deydi», deyishadi. Mayyitni ko’mib bo’lgandan keyin, 
qabristonda hayvon so’yib, go’shtini tarqatish miqdoricha muddat o’tirish mustahabdir. 
O’tiruvchilar Qur’on tilovati, mayyit haqqiga duo, va’z-nasihat, solih va yaxshilar 
hayotidan ibratli so’zlar aytish bilan mashg’ul bo’ladilar. 
417/1. Ali (r.a.) aytadilar: «Biz «Baqiy’ul g’arqad»da janozada bo’lganimizda, Rasululloh 
qo’llarida bir novda olib keldilar va uning uchi bilan chiziq chizib, so’ngra: «Sizlardan 
bo’lgan kishilarning jannat yoki do’zaxdagi bo’lgan makonlari yozib qo’yilgandir», 
dedilar. Shunda sahobalar: «Ey Rasululloh! Biz unda nomai a’molimizdagi yozilgan 
narsalarga suyanmaymizmi?» deyishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Amal 
qilinglar, zero, har bir kishi xalq qilingan narsasiga muyassar qilingandir», dedilar». 
Buxoriy va Muslim rivoyatlari 
418/2. Amr ibn Os (r.a.): «Meni dafn qilganlaringdan keyin bir hayvon so’yib, go’shtini 
taqsimlash miqdoricha fursat qabrim tepasida turinglar. Toki, sizlarning 
hamrohligingizda Rabbimning elchisiga javob qaytarib olay», dedilar. 
419/3. Usmondan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam mayyitni 
dafn qilganlaridan keyin uning tepasida turdilar va: «Birodaringiz uchun istig’for 
aytinglar va u sobit turishini so’ranglar, chunki hozir u so’ralyapti», dedilar. Abu Dovud 
va Bayhaqiy rivoyatlari 
420/4. Ibn Umar (r.a.) dafndan keyin qabr ustida Baqara surasining avvalini va oxirini 
o’qishni yaxshi amal deb bilganlar. Bayhaqiy rivoyatlari 
Dafndan keyin mayyitga quyidagicha talqin qilishni ulamolar mustahab deyishgan. 
Ulardan Shayx Nasr Maqdisiy «Tahzib» nomli kitoblarida quyidagilarni keltiradilar: «Agar 
kishi mayyitni dafn qilib bo’lsa: «Ey falonchi o’g’li falonchi, dunyoga chiqqaningdagi 
ahdingni va «la ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va anna Muhammadan ‘abduhu 
va rosuluh» shahodatini zikr qil, qiyomat, shak-shubhasiz, qoyim bo’luvchidir, Alloh 
qabrlardan qayta tiriltiruvchidir. Rabbim Alloh, dinim Islom, payg’ambarim Muhammad 


Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling