Microsoft Word al azkor ziyouz com doc


Download 0.91 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/307
Sana24.07.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1662002
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   307
Bog'liq
Imom Navaviy. Al-Azkor

www.ziyouz.com kutubxonasi 
113
va man tavaffaytahu minna fatavaffahu ‘alal iyman. Allohumma la tahrimna ajrohu va la 
taftinna ba’dahu», deb aytdilar. (Ma’nosi yuqorida o’tdi.) Abu Dovud, Termiziy, Ibn Moja 
rivoyatlari 
413/4. Abu Hurayra (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning: «Agar 
mayyitga namoz o’qisanglar, u uchun duoni xolis qilinglar», deb aytganlarini eshitdim». 
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari 
414/5. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 
janoza namozida:
«Allohumma anta robbuha va anta xolaqtaha va anta hadaytaha lil islam va anta 
qobazta ruhaha va anta a’lamu bisirriha va ‘alaniyyatiha ji’na shufa’a fag’firlahu», 
dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sen uning rabbisan, Sen uni xalq qilding, Islomga hidoyat 
etding va ruhini olding. Sen uning sirini va oshkorasini biluvchi zotsan. Biz unga shafe’ 
bo’lib keldik, uning gunohlarini kechir.) Abu Dovud rivoyatlari 
415/6. Vosila ibn Asqa’ (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir 
musulmon kishining janozasida quyidagi duoni o’qidilar:
«Allohumma inna Fulan ibn Fulan fiy zimmatika va habli jivarika faqihi fitnatal qobri va 
‘azaban nari va anta ahlul vafa val hamd. Allohumma fag’fir lahu varhamhu innaka antal 
g’ofurur rohiym». (Ma’nosi: Allohim, falonchining o’g’li falonchi Sening zimmangda va 
himoyangdadir. Uni qabr fitnasi va do’zax azobidan saqla. Sen vafo va hamd ahlisan. Ey 
Rabbim, uni mag’firat qil, rahm ayla, Albatta, Sen kechiruvchi va rahmli zotsan.) Abu 
Dovud va Ibn Mojalar rivoyati 
121-bob. Tobut ko’taruvchilar nima qiladi? 
Tobut qabristonga olib ketilayotgan paytda Allohning zikri bilan mashg’ul bo’lish, 
shuningdek, mayyitning oqibati, qaerga ketayotgani haqida fikr yuritish, foydasiz 
so’zlardan tiyilish lozim. Chunki bu vaqt g’ofillik, befoyda so’zlar so’ylash mavridi emas. 
Aslida-ku, foydasiz so’zlar hech bir joyda gapirilmasligi kerak. Xususan, janoza mahali 
umuman mumkin emas. Bunda eng to’g’ri ish, salaf olimlari ta’kidlaganlaridek, sukut 
saqlash, zikr, qiroat va duolarni ovozni balandlatmasdan aytishdir. 

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   307




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling