Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Hojatda o’tirgan kishiga salom berishdan qaytarish
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
13-bob. Hojatda o’tirgan kishiga salom berishdan qaytarish Birodarlarimiz aytishadi: «Hojatda o’tirgan kishiga salom berish makruhdir. Mabodo, salom berilsa, javobi shart emas». Yuqoridagi bobda kelgan Ibn Umar va Muhojirlar rivoyat qilishgan hadislar buning dalilidir. 14-bob. Hojatxonadan chiqayotganda aytiladigan duo Rasululloh alayhissalom hojatxonadan chiqqanlarida: «G‘ufronaka» (Sening mag’firatingni so’rayman ) va «alhamdu lillahillaziy azhaba ‘annil aza va ‘afaniy» (mendan aziyatlarni ketkazib, ofiyatda qilgan Allohga hamd bo’lsin), deb aytar edilar. Avvalgisini Abu Dovud va Termiziy, keyingisini Nasoiy va Ibn Mojalar rivoyat qilishgan. Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 22 60/1. Ibn Umardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hojatxonadan chiqsalar: «Alhamdu lillahillaziy azaqoniy lazzatahu va abqo fiyya quvvatahu va dafa’a ‘anniy azahu», deb aytardilar. (Ma’nosi: Meni (taomning) lazzatidan bahramand qilgan va menda uning quvvatini qoldirgan, so’ng mendan aziyatini daf qilgan Allohga hamd bo’lsin.) Ibn Sunniy va Tabaroniy rivoyatlari 15-bob. Tahoratdan oldin o’qiladigan duo Yuqorida aytilganidek, bismillohni aytish mustahabdir. 16-bob. Tahorat qilganda o’qiladigan duolar Tahoratning avvalida «Bismillahir rohmanir rohiym», deb aytish mustahab qilingan. «Bismilloh», desa ham kifoya. Birodarlarimiz aytishadi: «Agar tahoratning avvalida bismillohni aytmasa, davomida aytaveradi. Xoh qasddan, xoh adashib aytmay qolsa ham, tahorati mukammal bo’ladi». (Muallif Imom Shofe’iy mazhabidalar. Shuning uchun bismillohni aytish mustahab deyilyapti. Bu sunnat ma’nosidadir. Bizning Imomi A’zam mazhabidan boshqa mazhablarda sunnat «mustahab» deb yuritiladi. – Tarjimon.) Bismillohni aytish haqida kelgan hamma hadislar zaifdir. Ahmad ibn Hanbal: «Tahoratda bismilloh deyish to’g’risida birorta sobit hadis bilmayman», deb aytganlar. 61/1. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Tahorat qilayotganda Allohni zikr qilmagan kishining tahorati yo’qdir», dedilar. Bu hadisni Abu Dovud rivoyat qildilar, Bayhaqiy va boshqalar ham rivoyat qilishgan va zaif deb aytishgan. Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy: «Bismillohdan keyin tahoratning boshida quyidagi duoni o’qish mustahab», deydilar: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh». (Ma’nosi: Allohdan boshqa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q deb va Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman.) Fasl: Abul Fath Nasr Maqsidiy tahorat qilib bo’lgandan keyin ushbu duo o’qiladi deydilar: «Ashhadu alla ilaha illallohu vahdahu la shariyka lahu va ashhadu anna Muhammadan ‘abduhu va rosuluh. Allohummaj’alniy minat tavvabiyna vaj’alniy minal mutatohhiriyn. Subhanakallohumma va bihamdik. Ashhadu alla ilaha illa anta astag’firuka va atubu ilayka». (Ma’nosi: Yakka Allohdan bosh-qa iloh yo’q va Uning sherigi ham yo’q, Muhammad sollallohu alayhi vasallam Allohning bandasi va rasuli deb guvohlik beraman. Ey Rabbim, bizlarni tavba qiluvchilardan va poklanuvchilardan qil. Ey Rabbim, Senga |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling