Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
-bob. Takbiri tahrimadan keyingi duolar
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
35-bob. Takbiri tahrimadan keyingi duolar
Bu borada juda ko’p hadislar kelgan. Ular umumiy holda quyidagicha duolar qilishni taqozo etadi: «Allohu akbar kabiyro, valhamdu lillahi kasiyro va subhanallohi bukrotan va asiyla, vajjahtu vajhiy lillaziy fataros samavati val-arza haniyfam musliman va ma ana minal mushrikiyn, inna solatiy va nusukiy va mahyaya va mamatiy lillahi robbil olamiyna la shariyka lahu va bizalika umirtu va ana minal muslimiyn. Allohumma antal maliku la ilaha illa anta robbiy va ana ‘abduka zolamtu nafsiy va’taraftu bizanbiy, fag’firliy zunubiy jamiy’a, fainnahu la yag’firuz zunuba illa anta, vahdiniy liahsanil axloqi la yahdiy liahsaniha illa anta, vasrif ‘anniy sayyiaha la yasrif sayyiaha illa anta, labbayka va sa’dayka valxoyru kulluhu fiy yadayka vashsharru laysa ilayka ana bika va ilayka taborokta va ta’alayta, astag’firuka va atubu ilayka». (Ma’nosi: Alloh buyuklarning buyugidir. Allohga bisyor hamd bo’lsin. Allohni ertayu kech poklab yod eturman. Yuzimni hanif va musulmon bo’lgan holda yeru osmonni yaratgan Zotga yuzlantirdim. Men mushriklardan emasman. Albatta, namozim, qurbonligim, tirikligim va o’limim olamlarning rabbi Alloh uchundir. Uning biror sherigi yo’qdir. Men shuni aytishga buyurilganman va men musulmonlardanman. Ey Rabbim, Sen malikdirsan, Sendan boshqa iloh yo’q. Sen rabbimsan, men esa, bandangman. Men nafsimga zulm qildim. Gunohlarimni e’tirof qildim. Gunohlarimning barchasini kechirgin, chunki gunohlarimni Sengina kechirasan, xolos. Xulqlarning eng yaxshisiga meni hidoyat qil. Sendan boshqasi hidoyat qila olmas. Va meni yomonliklardan chetlatgin. Sendan boshqasi chetlata olmas. Ijobat qilaman, yaxshilikning barchasi Sening qo’lingda. Yomonlik esa, Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 34 Senga emas. Men esa, Sening noming ila Senga qaytaman. Sen barakotli va oliysan. Senga istig’for aytaman va Senga tavba qilaman.) Muslim rivoyatlari Muhaddislar, fuqaholar, sahobalar, tobe’inlar va ulardan keyin kelgan musulmon ulamolar barchalari, yaxshilik, yomonlik va foyda, zararning hammasi Allohning hohishi va taqdiri bilan bo’lishiga ittifoq qilishgan.Shuning uchun duodagi «yomonlik esa, Senga emas» degan iborani bir oz ta’vil qilishga to’g’ri keladi. Ulamolarimiz javoblari qu- yidagicha bo’lgan. Nazr ibn Shumayl, yomonlik Senga yaqin bo’lmaydi, deganlar. Ikkinchilari, yomonlik Senga ko’tarilmaydi, senga faqat yaxshi so’zlar ko’tariladi, deganlar. Uchinchilari, odob jihatidan Unga nisbat qilinmaydi, ya’ni, haqiqatda cho’chqani yaratgan bo’lsa ham, ey cho’chqani yaratuvchi, deyilmay-di-ku? To’rtinchilari esa, Sening hikmatingda yomonlikka nisbat beriladigan narsa yo’qdir, chunki Sen biror narsani behuda yaratmaysan, deyilgan. Takbiri tahrimadan keyin quyidagi duoni o’qisa ham bo’ladi: «Allohumma ba’id bayniy va bayna xotoyaya kama ba’adta baynal mashriqi val mag’rib. Allohumma naqqiniy min xotoyaya kama yunaqqis savbul abyazu minad-danasi, Allohumma ag’silniy min xotoyaya bis-salji val-mai val-barod». (Ma’nosi: Ey Rabbim, men bilan xatolarim orasini mashriq bilan mag’ribning orasini uzoq qilganingchalik uzoq qil. Ey Rabbim, oq kiyimni kirlardan tozalaganingdek, meni xatolarimdan tozala. Ey Rabbim, mening xatolarimni qor, suv va do’llar bilan yuv.) 101/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozni boshlasalar: «Subhanakallohumma va bihamdika va tabarokasmuka va ta’ala jadduka va la ilaha g’oyruk», der edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Senga hamd aytish bilan Seni aybu nuqsonlardan poklayman. Sening isming muborakdir. Azamating oliydir. Sendan boshqa iloh yo’qdir.) Bu hadisni «Sunan» sohiblari rivoyat qilishgan va zaif deyishgan. Lekin Umar ibn Xattobdan (r.a.) rivoyat qilingan xuddi shu lafzdagi hadisni sahih, deb aytishgan. (Bizning Imomi A’zam (r.a.) mazhablarida mana shu duoni o’qiladi.-- Tarjimon.) 102/2. Ali (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga kirsalar: «La ilaha illa anta subhanaka zolamtu nafsiy va ‘amiltu su’an fag’firliy, innahu la yag’firuz zunuba illa anta, vajjahtu vajhiy»ni oxirigacha o’qir edilar». Bayhaqiy rivoyatlari Bu hadis zaifdir, chunki Alidan rivoyat qilgan roviy Horis al-A’varni yolg’onchi ekaniga ittifoq qilingan. Sha’biy, Horis yolg’onchi edi, deb aytgan. Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling