Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
101 shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari Boshqa rivoyatda: «Ey insonlar Rabbi, kasallikni ketkaz. Shifo Seni qo’lingda, sendan boshqa uni ochuvchi yo’q», deyilgan. 349/4. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bu zot Sobitga (r.a.): «Rasululloh dam solib o’qiydiganlari bilan dam solaymi?» deb quyidagilarni aytdilar: «Allohumma robban nas, muzhibal ba`si ishfi anta shafiy, la shafiya illa anta shifa`a la yug’odiru saqoma». (Ma’nosi: Allohim, Sen insonlarning rabbisan, qiyinchiliklarni ketkaz, shifo ber, Sen shifo beruvchisan. Sening shifoingdan boshqa shifo yo’q. Sen bergan shifo birorta ham kasallik qoldirmaydi.) Imom Buxoriy rivoyatlari 350/5. Usmon ibn Abul Osiydan (r.a.) rivoyat qilinadi. U zotga kasallik yetganidan Rasulullohga shikoyat qildilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u zotga: «Og’riyotgan yeringga qo’lingni qo’y, «Bismilloh»ni uch marta aytib: «A’uzu bi’izzatillahi va qudrotihi min sharri ma ajidu va uhaziru», deb yetti marta o’qi», dedilar. (Ma’nosi: Allohning izzati va qudrati ila o’zimda topadigan va hazar qiladigan narsaning yomonligidan panoh tilayman.) Imom Muslim rivoyatlari 351/6. Sa’d ibn Abu Vaqqos (r.a.) rivoyat qiladilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kasalligimda meni ko’rgani kirib: «Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan, Allohumma ishfi Sa’dan» (Sa’dga shifo ber), deb aytdilar». Imom Muslim rivoyatlari 352/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim kasal ko’rgani borganida, agar ajali yetmagan bo’lsa, uning huzurida yetti marta: «As`alullohal ‘aziym robbal ‘arshil ‘aziym an yashfiyaka», desa, Alloh taolo uni kasalidan xalos qiladi», dedilar. (Ma’nosi: Ulug’ Allohdan, buyuk arsh Rabbidan senga shifo berishini so’rayman.) Abu Dovud va Termiziy rivoyatlari 353/8. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar bir kishi bemorning ziyoratiga kelsa: «Allohumma ishfi ‘abdaka yankau laka ‘aduvvan av yamshiy laka ila solatin», deb aytsin», dedilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sening dushmaningga zarba beruvchi yoki Sen uchun namozga yuruvchi kishiga shifo ber.) Abu Dovud rivoyatlari 354/9. Ali (r.a.) aytadilar: «Men kasalimdan shikoyat qilib: «Ey Rabbim, agar ajalim yaqinlashgan bo’lsa, meni rohatlantir, agar ajalimni kechiktirgan bo’lsang, mendan kasallikni ko’tar. Agar balo keltirgan bo’lsang, menga sabr ber», deb aytayotganimda, nogahon oldimdan Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o’tib qoldilar. Va: «Nima deding?» deb so’radilar. Men aytganlarimni takrorladim. U zot oyoqlari bilan meni turtib: «Yo’q, «Allohumma ‘afihi» yoki «Allohumma ishfihi» (Ey Rabbim, ofiyatda qil yoki shifo ber), |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling