Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
102 deb ayt», dedilar. Men ana shu kundan keyin kasallikdan shikoyat qilmadim». Imom Termiziy rivoyatlari 355/10. Abu Said Xudriy va Abu Hurayralardan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim: «La ilaha illallohu vallohu akbar» (Allohdan boshqa iloh yo’q, Alloh ulug’dir), desa, Parvardigor uni tasdiqlab, «Mendan boshqa iloh yo’q, Men ulug’man», deydi. Kim: «La ilaha illallohu vahdahu la shariyka lah», desa, Parvardigor: «Mendan boshqa iloh yo’q, Mening sherigim ham yo’q», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu lahul mulku va lahul hamd», desa, Parvardigor: «Men ilohman, mulk Meniki, hamd ham Men uchun», deydi. Agar banda: «La ilaha illallohu va la havla va la quvvata illa billah», desa, Parvardigor: «Men ilohman, o’zgartirish ham, quvvat ham faqat Mendadir», deydi. Kim mana shu kalimalarni kasalligida aytib, so’ngra vafot etsa, unga do’zax o’ti tegmaydi», dedilar. Termiziy va Ibn Mojalar rivoyati 356/11. Abu Said Xudriydan (r.a.) rivoyat qilinadi. Jabroil (a.s.) Rasululloh huzurlariga kelib: «Ey Rasululloh, tobingiz yo’qmi?» deb so’radilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Ha», deb javob berganlarida, Jabroil (a.s.): «Bismillahi urqiyka, min kulli shay`in yu`ziyka, min sharri kulli nafsin av ‘aynin hasidin, Allohu yashfiyka, bismillahi urqiyka», deb aytdilar. (Ma’nosi: Allohning ismi ila dam solaman. Har bir aziyat beruvchi narsadan, har bir nafsning yomonligidan yoki hasad qiluvchi ko’zdan Alloh sizga shifo bersin. Allohning ismi bilan sizga dam solaman.) Imom Muslim, Termiziy, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 357/12. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir a’robiyni kasalligida ko’rgani kirdilar. Agar kasal ko’rgani kirsalar, «La ba`sa tohurun inshaalloh» (Zarari yo’q, inshaalloh, bu kasallik seni poklaydi), deb aytish u zot sollallohu alayhi vasallamning odatlari edi. Buxoriy rivoyatlari 358/13. Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Bir a’robiy isitma chiqarib yotganida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni ko’rgani kirib: «Bu kasallik gunohlarga kafforat bo’luvchi va poklovchidir», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 359/14. Abu Umomadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kasalni ziyorat qilish uning peshonasiga qo’lni qo’yish yoki qo’lini ushlab, ahvoli nechuk ekanini so’rash bilan mukammal bo’ladi», dedilar. Termiziy rivoyatlari Ibn Sunniyning rivoyatlarida: «Kasal ko’rishning mukammalligi kasalga qo’lni qo’yib turib: «Qanday tong ottirding?» yoki «Nechuk kechlatding?» deb aytishdir», deyiladi. 360/15. Salmon (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam meni kasalligimda ko’rgani kirib: «Ey Salmon: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling