Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg’ir quydirur)
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
zotdir. (Shunda) U zot ustlaringizga osmondan yomg’ir quydirur) (Nuh surasi, 10
– 11), oyatlari o’qiladi. Umar (r.a.) agar yomg’ir so’rasalar, duolarining aksari istig’for bo’lar edi. 136-bob. Qattiq shamol bo’lganda aytiladigan zikrlar 454/1. Oisha onamiz (r.a.) rivoyat qiladilar: «Agar qattiq shamol bo’lsa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Allohumma inniy as`aluka xoyroha va xoyro ma fiyha va xoyro ma ursilat bihi va a’uzu bika min sharriha va sharri ma fiyha va sharri ma ursilat bihi», deb aytar edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, Sendan uning yaxshisini, undagi yaxshilikni va u bilan yuborilgan narsaning yaxshisini so’rayman. Ey Rabbim, Sendan uning yomonidan, undagi yomonlikdan va u bilan yuborilgan narsaning yomonligidan panoh so’rayman.) Imom Muslim rivoyatlari 455/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh (s.a.v): «Shamol bandalarga yuborilgan rahmatdir. Gohida u rahmat bilan keladi, gohida azob bilan. Agar shamol Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy www.ziyouz.com kutubxonasi 124 essa, uni so’kmanglar. Allohdan uning yaxshisini so’rab, yomonidan panoh tilanglar», dedilar. Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari 456/3. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam osmon ufqida to’plangan bulutni ko’rsalar, qilib turgan ishlarini to’xtatardilar, agar namozda bo’lsalar: «Allohumma inniy a’uzu bika min sharriha» (Ey Rabbim, Sening noming ila uning yomonligidan panoh tilayman), deb aytardilar. Agar yomg’ir yog’sa: «Allohumma sayyiban haniy`an» (Ey Rabbim, shaldirab oquvchi yoqimli yomg’ir yog’dir), deb aytardilar. Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Moja rivoyatlari 457/4. Ubay ibn Ka’bdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Shamolni so’kmanglar, agar biror karih narsani ko’rsanglar: «Allohumma inna nas`aluka min xoyri hazihir riyhi va xoyri ma fiyha va xoyri ma umirot bihi va na’uzu bika min sharri hazixir riyhi va sharri ma fiyha va sharri ma umirat bihi», deb aytinglar», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, Sendan shamolning yaxshisini va undagi yaxshiliklarni va u bilan buyurilgan narsalarning yaxshiligini so’rayman. Va Sendan, shamolning yomonidan, undagi yomonliklardan va u bilan buyurilgan yomonliklardan panoh so’rayman.) Termiziy rivoyatlari 458/5. Salama ibn Akva’dan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam agar shamol kuchaysa: «Allohumma laqhan la aqiyman», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, bulutni suvlik qil, suvsiz qilib qo’yma.) Ibn Sunniy rivoyatlari 459/6. Anas ibn Molik va Jobir ibn Abdullohdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar biror katta ish sodir bo’lsa yoki qattiq shamol essa, ko’p takbir aytinglar, chunki u qora tutunni uzoqlashtiradi», dedilar. Ibn Sunniy rivoyatlari 460/7. Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh alayhissalom agar shamol essa tizzalarini yerga qo’yib: «Allohummaj’alha rohmatan va la taj’alha ‘azaba. Allohummaj’alha riyahan va la taj’alha riyha», deb aytardilar. (Ma’nosi: Allohim, uni rahmat ayla, azob qilma. Allohim, uning osoyishtaligidan qil, kuchliligidan qilma.) Imom Shofe’iy «Al-umm» kitoblarida rivoyat qilganlar. Alloh taolo kitobida aytadi: Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling