Al-Azkor.
Al-Faqih an-Navaviy
www.ziyouz.com kutubxonasi
75
49. Majiyd.
Shon-sharafi va qadri behad yuksak.
50. Bo’is.
Xalqlarga payg’ambarlar yuboruvchi. Kishilarga himmat yuboruvchi. O’liklarni
qayta
tiriltiruvchi.
51. Shahiyd.
Har bir narsaga hoziru nozir. Barchaga shohidlik beruvchi.
52. Haq.
O’zgarmas, sobit zot. Haqni yuzaga chiqaruvchi.
53. Vakiyl.
Barchaning ishi unga topshirilgan zot.
54. Qaviy.
Quvvatli zot.
55. Matiyn.
Matonatli zot.
56. Valiy.
Muhabbat qiluvchi, nusrat beruvchi va xalqining ishini yurituvchi zot.
57. Hamiyd.
Barchaga maqtovlar ila maqtalgan zot.
58. Muhsiy.
Barcha narsaning hisobini oluvchi zot.
59. Mubdi’.
Barcha narsalarni avval boshdan bor qilgan zot.
60. Mu’iyd.
Yo’q bo’lgan narsalarni yana qaytadan bor qiluvchi.
61. Muhyi.
Tiriltiruvchi. U zot o’liklarni tiriltiruvchidir. Bu ismga maxluqlarni qayta tiriltirishdan oldin
ham sazovordir. Alloh o’liklarga
jon kiritib, tiriltirganidan keyin tiriltiruvchi, deb
atalganidek,
ularni xalq qilishdan oldin, hayot berishidan oldin ham tiriltiruvchi
deyilaveradi. Xuddi xaloyiqni xalq qilishdan oldin Xoliq bo’lganidek. Alloh
qiyomat kuni
o’liklarni tiriltiradi,
shuning uchun, tiriltiruvchi nomi berildi. Bas, tiriltirish sifati Alloh
taoloda maxluqlarni tiriltirishdan oldin ham sobit .
62. Mumiyt.
O’ldiruvchi. Barcha jonzotlarning jonini oluvchi.
Al-Azkor. Al-Faqih an-Navaviy
Do'stlaringiz bilan baham: