Microsoft Word al azkor ziyouz com doc
Download 0.91 Mb. Pdf ko'rish
|
Imom Navaviy. Al-Azkor
www.ziyouz.com kutubxonasi
44 Ibrohim alayhissalomni olamlarda barakotli qilganingdek. Albatta Sen maqtovga loyiq ulug’ zotsan.) 46-bob. Oxirgi tashahhuddan keyin o’qiladigan duo Tashahhuddan keyin duo qilish hech bir ixtilofsiz joiz ishdir. 141/1. Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qiladilar: Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.): «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam odamlarga tashahhudni o’rgatib, undan keyin xohlagan duoni o’qishni aytdilar», deydilar. Imom Muslim rivoyatlarida: «U zot xohlagan narsalarini so’rardilar», deb aytilgan. 142/2. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar birortangiz oxirgi tashahhudni o’qib bo’lsa, to’rtta narsadan panoh so’rasin: jahannam azobidan, qabr azobidan, hayot va o’lim fitnasidan, Masiyh Dajjolning yomonligidan», deb aytdilar. Imom Muslim rivoyatlari Imom Muslimning boshqa bir rivoyatlarida: «Agar birortangiz tashahhudda bo’lsa, to’rt narsadan panoh tilab aytsin: «Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabi jahannama va min ‘azabil qobri va min fitnatil mahya val mamat va min sharri fitnatil masiyhid dajjal». 143/3. Oisha onamiz (r.a.) aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozda quyidagicha duo qilar edilar: «Allohumma inniy a’uzu bika min ‘azabil qobri va a’uzu bika min fitnatil masiyhid dajjal va a’uzu bika min fitnatil mahya val mamat. Allohumma inniy a’uzu bika minal ma`sami val mag’rom». (Ma’nosi: Allohim, qabr azobidan, Masih Dajjolning fitnasidan, tiriklik va o’lim fitnasidan, gunohkor va qarzdor bo’lishdan panoh tilayman.) Buxoriy va Muslim rivoyatlari 144/4. Alidan (r.a.) rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam namozga tursalar, tashahhud bilan salomning orasida (ya’ni, salovotdan keyin): «Allohummag’firliy ma qoddamtu va ma axxortu va ma asrortu va ma a’lantu va ma asroftu va ma anta a’lamu bihi minniy, antal muqoddim va antal muaxxir, la ilaha illa anta»ni o’qir edilar. (Ma’nosi: Ey Rabbim, oldingiyu keyingi, oshkorayu maxfiy va isrofgarchilik bilan qilgan gunohlarimni va mendagi o’zing bilgan gunohlarimni kechir. Albatta, Sen avvalgi va oxirgidirsan, Sendan boshqa iloh yo’q.) Muslim rivoyatlari 145/5. Abdulloh ibn Amr ibn Os (r.a.) Abu Bakr Siddiqdan (r.a.) rivoyat qiladilar. U zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan namozda o’qib yurishlari uchun bir duo o’rgatishlarini so’radilar. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abu Bakrga: «Allohumma inniy zolamtu nafsiy zulman kasiyron va la yag’firuz zunuba illa anta fag’firliy mag’firatan min ‘indika varhamniy innaka antal g’ofurur rohiym», deb ayting», dedilar. (Ma’nosi: Allohim, men nafsimga ko’p zulm qildim. Gunohlarni Sendan boshqa |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling