Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc
XOHISH TO’G’RISIDA BOSHQA BOB
Download 48.75 Kb. Pdf ko'rish
|
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT
XOHISH TO’G’RISIDA BOSHQA BOB
Abu Hanifa dedilar: - Unga ayt: agar Alloh barcha xalqni farishtalar kabi itoatli qilib yaratishni xoxlaganida, bunga qodir bo‘ladimi? Agar u: yo‘q qodir emas edi, desa, u Allohning: «Bandalari ustidan U g‘olibdir...» (An’om, 18, mazmuni) «...U sizlarga tepangizdan yoki oyoqdaringiz ostqtsan azob yuborishga yoxud sizlarni (turli) firqalarga aylantirib, ba’zingizga ba’zilar zararini totdirishga (ham) qudrati yetadigan zotdir...» (An’om, 65, mazmuni) degan gaplariga binoan Allohni O’zi vasf qidganidek vasf qilmagan bo‘ladi. Agar u: Alloh shunday qilishga qodir, desa, unga ayt: agar Alloh Iblisning itoatda Jabroil kabi bo‘lishini xohlaganida, Alloh shunga qodir emasmidi? Agar u: shunday qilishga Alloh qodir emas, desa, u o‘z so‘zidan qaytgan va Alloxni O’z sifati bilan sifatlamagan bo‘ladi. Agar u: banda zino qilsa yoki o‘g‘irlik qilsa yoki to‘hmat qilsa, bu Allohning xohishi bilan emasmi, desa, unga: ha, banda Allohning xohishi bilan qiladi, degin. Agar u: modomiki banda mazkur ishlarni Allohning xohishi bilan qilsa, nega ularga jazo qo‘llaniladi, desa, unga aytgin: jazo Allohning buyrug‘i bilan qo‘llaniladi, jazoni qo‘llashni Alloh amr qilgan, Allohning amri tark qilinmaydi. Agar bir odam qulining qo‘lini kessa, bu albatta, u Allohning xohishi bilan sodir bo‘ladi, ammo odamlar uni malomat qiladilar. Agarda u qulni ozod qilsa, uni odamlar maqtaydilar. Vaholanki, mazkur ikki voqea ham Allohning xohishi bilan ro‘y beradi. Bu Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa www.ziyouz.com kutubxonasi 13 ikki ishni ham u Allohning xohishi bilan qilgan. Lekin kim gunoh xohishi bilan ish qilsa, uning bu ishida Allohning roziligi ham, adli ham bo‘lmaydi. Endi yuqoridagi, nega ularga jazo qo‘llaniladi, degan savoliga kelsak, bu ularning qoidalari bo‘yicha noto‘g‘ri savoldir. Chunki ular ko‘p gunohlarni Alloh taoloning xohishiga bog‘lamaydi. Aroq ichish va boshqa gunoh ishlarga hadni lozim etmaydi. Vaholanki, hamma ishlarni Alloh taolo o‘z xohishi bilan qiladi. Download 48.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling