Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol
www.ziyouz.com kutubxonasi 
2
mo‘ysafidning Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini tasdiqlayotganidan ajablandik. Mo‘ysafid 
so‘zida davom etib: 
- Ey Allohning elchisi, Islomning arkonlari nima? - dedi. 
- Namoz o‘qimoq, Ramazon oyida ro‘za tutmoq, zakot bermoq, imkoni bor odamga 
Baytullohga haj qilmoq, janobatdan g‘usl qilmoq, — dedilar Payg‘ambarimiz. Mo‘ysafid: 
- To‘g‘ri aytding, — dedi. 
Biz yana uning Payg‘ambarimiz (s.a.v.) so‘zlarini tasdiq qilayotganidan ajablandik. Go‘yo 
u Payg‘ambarimiz alayhissalomga ta’lim berayotgandek edi. 
- Ey Allohning elchisi, ehson nima? — dedi mo‘safid. 
- Allohni ko‘rib turganingdek ish qilmog‘ing. Chunki sen Uni ko‘rmasang ham, albatta, U 
seni ko‘rib turadi, -dedilar Payg‘ambarimiz (s.a.v.). 
- To‘g‘ri aytding, — dedi mo‘ysafid va: 
Qiyomat qachon bo‘ladi? — deb so‘radi. 
- So‘ralayotgan so‘raguvchi odamdan bilimdonroq emas, - deb javob berdilar 
Payg‘ambarimiz, alayhissalom. 
Shundan so‘ng mo‘ysafid o‘rnidan turdi, u odamlar ora-siga kirgach, biz uni ko‘rolmay 
qoldik. Payg‘ambarimiz alayhissalom: 
- Ushbu mo‘ysafid Jabroil alayhissalom edilar. U sizlarning oldingizga diningiz asoslarini 
ta’lim bergani keldi, — dedilar. 
Savol: — Agar banda yuqorida zikr etilganlarga qattiq ishonsa yoki ularga iqror bo‘lsa, u 
mo‘minmi? 
Javob: - Ha, agar banda ularga iqror bo‘lsa, demak, Islomning barcha ta’limotlariga 
iqrordir va u mo‘mindir. 
Savol: - Banda Allohning yaratganlaridan birortasini inkor qilsa va: buning 
yaratguvchisini bilmayman desa-chi? 
Javob: - Unda u Allohning: «...U (Alloh) hamma narsaning yaratuvchisidir...» (An’om, 
102, mazmuni) degan oyatiga binoan kofirdir. Go‘yo u o‘z so‘zi bilan: buning 
yaratuvchisi Allohdan o‘zgadir, degan kabi bo‘ladi. Shuningdek u: menga Alloh namoz 
o‘qishni, ro‘za tutishni, zakot berishni farz qilganini bilmayman desa, Allohning: 
«Namozni mukammal ado etingaz, zakot beringiz...» (Baqara, 43, mazmuni) va 
shuningdek, Uning: «...sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham 
ro‘za tutish farz qilindi...» (Baqara, 183, mazmuni), «Bas, tunga kirish paytlaringizda 
ham, tongga kirish vaqtlaringizda ham Allohga tasbeh aytingaz!» (Rum, 17, mazmuni) 
oyatlariga binoan u kofirdir. Agar u, bu oyatlarga ishonaman, lekin ularning ta’vilini 
ham, tafsirini ham bilmayman desa, kofir bo‘lmaydi. Chunki u, bularning Alloh 
tomonidan nozil bo‘lganiga ishongan, ammo tafsirlarida xato qilgan.
Savol: — Agar u mushriklar yurtida bo‘lsa, farzlardan va boshqa shariat ahkomlaridan 
biror narsa bilmasa, Qur’onga ham, shariat ahkomlaridan birortasiga ham iqror 
bo‘lmasa, faqat Allohga va Imonga iqror bo‘lsa, shu holda vafot etsa, u mo‘minmi? 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling