Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
so‘zlab berildi. Abdulloh ibn Mas’ud ham Horisga ular aytganlarini aytdilar. Horis boshini 
egdi va yig‘lab Alloh taolo Maozni rahmatiga olsin, dedi. So‘ng uning xabarini yetkazdi." 
So‘ng Abdulloh ibn Mas’ud bilan Horis ibn Molik o‘rtalarida ushbu suhbat bo‘lib o‘tgan 
ekan: - Sen haqiqiy mo‘minmisan? -- dedilar. 
Horis: — Ha, men haqiqiy mo‘minman. 
Abdulloh: — Sen o‘zingni ahli Jannatdanman, deysanmi? 
Horis: — Maozni Alloh rahmat qilsin, u menga olimning xatosidan saqlanishni
munofiqning hukmini e’tiborga olmaslikni vasiyat qilgan. 
Abdulloh: — Biror xato ko‘rdingmi? 
Horis: — Senga Alloh nomi bilan qasam ichamanki, Payg‘ambarimiz alayhissalom hayot 
bo‘lganlarida odamlar uch toifa: ichida ham, tashida ham mo‘min bo‘lgan; ichida ham, 
tashida ham kofir bo‘lgan; ichida munofiq bo‘lgan, emasmidi? Sen bu uch toifaning qaysi 
biridansan? 
Abdulloh: — Sen menga Alloh taolo nomi bilan qasam ichsang, men ichimdan ham, 
tashimdan ham haqiqiy mo‘min-man. 
Horis: -- Nega bo‘lmasa, men haqiqiy mo‘minman, desam, menga dashnom berding? 
Abdulloh: — Bu mening nuqsonim, uni mening ichimga ko‘mib yuboringlar. Alloh Maoz 
ibn Jabalni o‘z rahmatiga olsin! 
(Abdulloh ibn Mas’ud va Horis ibn Molik o‘rtalaridagi suhbat tugadi.) 
Savol: — Birov: men albatta Jannat ahlidanman, desa nima bo‘ladi? 
Javob: -- U yolg‘onchidir. Chunki u Jannatga kirishi yoki kirmasligini bilmaydi. Mo‘min 
imon bilan Jan-natga kiradigan, gunohlari bilan Do‘zaxda azoblanadigan bandadir. 
Savol: — Birov: men Do‘zax axlidanman, desa-chi? 
Javob: — U ham yolg‘onchidir. Chunki unda ham Do‘zaxga tushishi yoki tushmasligini 
biladigan ilm yo‘q. U Allohning rahmatidan noumid bandadir. Mo‘min odam, men haqiqiy 
mo‘minman, deyishi lozim. Zero, mo‘min imonida shubha qilmaydi. 
Savol: — Mo‘minning imoni farishtalarning imoni kabimi? 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling