Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol
Javob: — Ha. 
Savol: — Amali noqis bo‘lsa ham, haqiqiy mo‘min bo‘ladimi? 
Javob: — Menga Horisaning hadisini aytib berdilar. Payg‘ambarimiz alayhissalom unga: 
- Qanday uxlab turding, Horisa? — dedilar. 
Horisa: — Haqiqiy mo‘min bo‘lib uxlab, uyqudan turdim. 
Paygambarimiz (s.a.v.): -- O’ylab gapir. Har bir haq narsaning haqiqati bor. Sening 
imoning haqiqati nima? 
Horisa: -- Ey payg‘ambari Xudo! Nafsimni dunyodan bildim, hatto kunimni tun, tunimni 
kun qildim. Endi men Rabbimning Arshiga qarayotgandayman, ahli Jannatlarning bir-
birlarini ziyorat qilayotganlarini ko‘rayotgandayman, Do‘zax ahlining Do‘zaxda bir-
birlariga adovat qilayotganlariga qarayotgandayman. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): — Muddaoga erishibsan, muddaoga erishibsan, shunday 
qilishda davom etaver! So‘ngra atrofdagilarga: «Alloh qalbini munavvar qilgan bandaga 
boqib, shod bo‘lishni istagan banda Horisaga boqsin», dedilar. 


Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
Horisa: — Ey Payg‘ambari Xudo! Mening shahid bo‘lishimni so‘rab, Allohga duo qiling. 
Payg‘ambarimiz (s.a.v.) uni duo qildilar va duolari mustajob bo‘lib, Horisa shahid bo‘ldi. 
(Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan Horisa o‘rtalaridagi suhbat tugadi.) 
Savol: -- Mo‘min odam Do‘zaxga kirmaydi, deganlarning maqsadi nima? 
Javob: — Har bir mo‘min, albatta, Do‘zaxga kiradi. 
Savol: — Kofir-chi? 
Javob: — Ular o‘sha kuni imon keltiradilar. 
Savol: — Qanday qilib? 
Javob: — Alloh taoloning: «Bas, qachonki, ular Bizning azobimshni ko‘rishgach: «Yakka 
Allohga imon keltirdik va (ilgari Allohga) sherik qilib olgan narsa (but)larimizga kofir 
bo‘ldik», — dedilar. (Lekin) Bizning azobimizni ko‘rgan vaqtdagi imonlari ularga foyda 
beruvchi bo‘lmadi...» (G’ofir, 84—85, mazmuni), degan oyatlariga binoan. Nohaq 
o‘ldirgan, o‘g‘irlik qilgan, bosmachilik va yo‘lto‘sarlik qilgan, fisqu fujur bilan mashg‘ul 
bo‘lgan, zino qilgan, aroq ichgan yoki mast bo‘lgan fosiq mo‘mindir, kofir emasdir. Alloh 
uni gunohiga yarasha Do‘zaxida azoblaydi va so‘ngra imoni tufayli undan chiqaradi. 
Agarda imon keltirish lozim bo‘lgan hamma narsalarga imon keltirsa-yu, ammo, «men 
Muso va Isoning payg‘ambar yoki payg‘ambar emasliklarini bilmayman», desa u kofir 
bo‘ladi. «Kofirning Jannatda yoki Do‘zaxda bo‘lishini bilmayman», degan odam ham 
kofirdir. Bunga dalil Alloh-ning: «Kofir bo‘lgan kimsalarga esa jahannam o‘ti bor-dirki, na 
ularga hukm qilinib, o‘la olurlar va na ulardan (jahannam) azobi yengillatilur...» (Fotir, 
36, mazmuni); shuningdek: «ularga o‘t azobi bor... ularga qattiq azob bor» degan 
oyatlaridir. Sa’id ibn Musayyabning: «kofirlarni Do‘zaxdagi o‘z joylariga joylashtirmagan 
banda ham ular kabidir», degan so‘zlari mengacha yetib kelgan. 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling