Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc
Savol: — Biz unga: ha, desak u: Alloh kufrga loyiqmi? — desa, biz qanday javob qilamiz? Javob
Download 48.75 Kb. Pdf ko'rish
|
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT
Savol: — Biz unga: ha, desak u: Alloh kufrga loyiqmi? — desa, biz qanday javob
qilamiz? Javob: — Unga ayt: Alloh istagan toatga loyiq, istagan ma’siyatga loyiq emasdir. Savol: — Agar u: Alloh Unga qarshi yolg‘on va tuhmat qilinishini istamadi, desa biz nima deymiz? Javob: — Unga ayt: Allohga yaqinlik — so‘z va gap bilan bo‘ladimi yoki yo‘q? Agar u: ha, desa, unga ayt: Odamga hamma ishlarni kim o‘rgatdi? Agar u: Alloh o‘rgatdi, desa, unga ayt: kufr so‘zmi yo so‘z emasmi? Agar u: ha, so‘z, desa, unga ayt: kofirni kim so‘zlatdi? Agar u: Alloh, desa, bilginki, ular o‘zlariga xusumatchi bo‘ladilar. Chunki shirk gap jumlasidandir. Agar Alloh xoxlasa, kofirlarga shirkni so‘zlatmas edi. Savol: — Agar u menga: bir odam xoxlasa, ya’ni, unda bir ishga xohish bo‘lsa, uni qilaberadi, agar xohishi bo‘lmasa, uni qilmaydi, xohlasa yeydi, xohlamasa yemaydi, xohlasa ichadi, xohlamasa ichmaydi, desa, men nima deb javob beraman? Javob: — Unga ayt: Alloh Bani Isroilga dengizdan kechib o‘tishni hukm qildi, Fir’avnga esa g‘arq bo‘lishni taqdir qildi, shundaymi, degin. Agar u: ha, desa, unga ayt: Fir’avn Musoni izlamasligi, u va uning hamrohlari g‘arq bo‘lmasligi ro‘y berishi mumkinmidi? Agar u: ha, desa, demak, u kofirdir. Agar u: yo‘q, desa, u yuqoridagi so‘zini bekor qilgan bo‘ladi. TAQDIR BOBI Abu Hanifa roziyallohu anhu dedilar: - Hammod Ibrohimdan va u Abdulloh ibn Mas’uddan ushbu hadisni Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilganlarini bizga aytdi. Payg‘ambarimiz alayhissalom aytdilar: - Har birlaringizning yaralish jarayoni shunday kechadi, u qirq kun onasining qornida nutfa, so‘ngra yana shuncha muddatda alaqa, so‘ngra yana shuncha muddatda muzg‘a bo‘ladi. Shundan keyin Alloh bir farishtani yuboradi va u bandaning rizqini, yashash muddatini, uning baxtli yoki baxtsiz bo‘lishini yozadi. O’zidan bo‘lak iloh yo‘q zotga qasamki, banda ahli Do‘zaxning ishini qilganida, u bilan Do‘zax orasida bir ziro’ masofa qoladi va shu vaqtda unga kitob g‘olib keladi va u Jannat ahlining amallaridan qila boshlaydi va so‘ng vafot etadi va Jannatga kiradi. Boshqa bir odam esa ahli Jannatning amallaridan qilib yuradi va Jannatga kirishiga bir ziro’ masofa qolganida, unga kitob g‘olib keladi va Do‘zax ahlining ishlaridan qila boshlaydi, so‘ngra vafot etadi va Do‘zaxga kiradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling