Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc
Download 48.75 Kb. Pdf ko'rish
|
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT
- Bu sahifa navigatsiya:
- Savol
www.ziyouz.com kutubxonasi
5 Savol: — Bir odam amri ma’ruf va nahyi munkar qilib yursa va odamlar unga ergashsa, so‘ngra u jamoatga qarshi chiqsa, bunday odam to‘g‘ri qilgan bo‘ladimi? Javob: — Yo‘q. Savol: — Nega? Axir Alloh va Uning payg‘ambari amri ma’ruf va nahyi munkarga buyurganlar va bu mutlaqo farz-ku. Javob: — Shunday. Lekin ularning buzadigan narsalari qon to‘kish, halolni harom deyish, mollarni o‘g‘irlash kabi narsalarni isloh qilishlaridan ko‘p bo‘ladi. Alloh taolo: «Agar mo‘‘minlardan ikki toifa o‘zaro urushib qolsalar, darhol ular o‘rtasini isloh etinglar. Bas, agar ulardan biri, ikkinchisining ustiga tajovuzkorlik qilsa, bas, to (tajovuzkor toifa) Allohning amriga qaytgunicha, sizlar tajovuz qilgan (toifa) bilan urushinglar!..» (Hujurot, 9, mazmuni), degan. Savol: - Tajovuzkor, haddan oshgan toifaga qarshi qilich bilan kurashamizmi? Javob: -- Amri ma’ruf va nahyi munkar qilasan, qabul etmasalar, ularga qarshi jang qilasan. Payg‘ambarimiz alayhissalomning: «Sizga jabr qiluvchining zulmi, odil odamning adolati zarar qilmaydi. Sizga o‘z ajringiz, ularga o‘z gunohlari», degan so‘zlariga binoan sen, agar imom sitamkor bo‘lsa, adolatli toifa bilan birga bo‘lasan. Savol: — Ochiq xavorij bo‘lganlar to‘g‘risida nima deysiz? Javob: — Ular xavorijlarning eng ifloslaridir. Savol: — Ularni kofirlar deymizmi? Javob: - Yo‘q, Lekin ularga qarshi peshvolarimiz kurashganiday, ezgulik sohiblari Hazrati Ali va Umar ibn Abdulazizlar kabi kurashamiz. Savol: - Xavorijlar biz kabi takbir aytadilar, namoz o‘qiydilar, Qur’on tilovat qiladilar. Abu Amomaning qissasini eslang-chi! U Damashq masjidiga kirganida, unda xavorijlardan birtalayining kallalari dumalab yotar edi. U Abu G’olib al-Hummusiyga: Ey Abu G’olib, ular odam bolalari, hamshaharlaringdan-ku, dedi. Senga ularni tanishtiraman, deb Abu G’olib: Ey ahli do‘zaxning laychalari, ey ahli do‘zaxning kuchuklari, ey osmon tagidagi eng razil murdalar, dedi. Abu Amoma o‘zini to‘xtatolmay ko‘z yosh to‘kardi. Bu holatni ko‘rgan Abu G’olib: Ey Abu Amoma, seni yig‘latayotgan narsa nima, dedi. Abu Amoma unga dedi: ular musulmon edilar, sen ular to‘g‘risida nimalar deyapsan, men nimalarni eshityapman, avvalambor Alloh taolo Qur’onda: «Ba’zi yuzlar oqaradigan va ba’zi yuzlar qorayadigan Kun (qiyomat)ni eslang: yuzi qorayganlarga: «Imon keltirgandan keyin yana kufrga qaytgan edingizlarmi? Kufringiz tufayli mana shu azoblarni totib ko‘ring endi», - deyilur» (Oli Imron, 106, mazmuni); «Yuzlari oqargan zotlar esa Allohning rahmati (jannati)dadirlar. Ular u yerda abadiy qoluvchilardir» (O’sha sura, 107, mazmuni) degan-ku. Ikkinchidan, Paykambarimiz alayhissalom, «Subhanalloh»ni yetti marta aytib: «Xavorijlarning kufri kufroni ne’matdir, Allohning ularga bergan in’omlariga kufr qilganlar», deb aytmaganmilar? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling