Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT

www.ziyouz.com kutubxonasi 
6
Savol: — Xavorijlar xuruj qilgan, kurashgan, g‘orat qilgan bo‘lsalar ham, so‘ngra islohga 
kelganlar. Shunga qaramay, ular qilmishlari uchun ta’qib qilinaveradilarmi? 
Javob: — Xavorijlik harakati tinganidan so‘ng xavorijlarga jarima ham solinmaydi
ularga jazo ham, xun ham yo‘q va hatto ulardan qasos ham olinmaydi. 
Savol: — Nima uchun shunday? 
Javob: — Hazrati Usmon roziyallohu anhu qatl etilganlarida odamlar orasida voqe’ 
bo‘lgan fitnaga oid hadisda sahobalar, qon to‘kkan odamga qasos yo‘q, zino qilganga 
jazo yo‘q, mol olgan odam ta’qib etilmaydi, faqat molning ayni o‘zi topilsa, egasiga 
qaytariladi, deb ittifoq qilganlari uchun. 
Savol: — Bir odam, men kofirni kofir deb bilmayman, desa, unga nima deysiz? Yoki 
kofirning taqdiri menga ma’lum emas, desa-chi? 
Javob: — Unday odam kofir kabidir. 
Savol: — Kofirning borar joyini bilmayman desa-chi? 
Javob: — U Allohning kalomiga munkirdir, u ham kofirdir. 
Savol: — Sen mo‘minmisan, deb so‘ralganida, «Allohu a’lam» (Alloh biluvchiroqdir), deb 
javob bergan odamga nima deysiz? 
Javob: — U o‘z imonida shak qiluvchidir. 
Savol: — Kufr bilan imon o‘rtasida munofiqlik bor. U yo mo‘min, yo kofir, yo munofiq 
emasmi? 
Javob: — Yo‘q, o‘z imoniga shubha qiladigan banda munofiq emas. 
Savol: — Nega? 
Javob: — Hammod menga quyidagi qissani so‘zlab bergan edi: Horis ibn Molik 
birodarlari Maoz ibn Jabal al-Ansoriy bilan birga edilar. Maoz ibn Jabalning jon taslim 
qilayotganlarini ko‘rgan Horis ibn Molik yig‘ladilar. Ko‘z yoshini ko‘rgan Maoz: seni nima 
yig‘latyapti, ey Horis, dedilar. U: meni sizning vafot etayotganingiz yig‘latayotgani yo‘q. 
Chunki, u oxirat siz uchun bu dunyodan ko‘ra afzalroqdir. Meni yig‘latayotgan narsa 
sizdan keyin bizga kim muallimlik qiladi, degan savoldir, dedi. Boshqa bir rivoyatda: 
sizdan keyin olim odam kim bo‘ladi, degan savol meni yig‘latmoqda, dedilar. Shunda 
Maoz: sabr qil, mendan so‘ng Abdulloh ibn Mas’udning etagidan mahkam ushlanglar
dedilar. Menga biror narsani nasihat qiling, dedi Horis. Maoz ibn Jabal Alloh imkon 
berganicha pandu nasihat qilganlaridan so‘ng: olimning xatosidan saqlaninglar, deb jon 
taslim qildilar. 
Maoz ibn Jabal vafotidan keyin Horis Kufaga, Abdulloh ibn Mas’ud huzurlariga bordilar. 
Shu vaqt namozga azon aytila boshladi. Horis masjidda o‘tirganlarga: azon ovozini 
eshitgan har bir mo‘min azonga javob berishi vojibdir, o‘rningizdan turinglar, dedi. 
Odamlar unga qarab: sen mo‘minmisan, deyishdi. U: ha, men mo‘minman, deb javob 
qildi. Odamlar uni ayblashdi. Abdulloh ibn Mas’ud chiqqanlarida, unga bo‘lgan voqea 


Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling