Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


GUNOHKORNI KOFIRGA CHIQARUVCHIGA RADDIYA BOBI


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet15/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol
GUNOHKORNI KOFIRGA CHIQARUVCHIGA RADDIYA BOBI 
Savol: — Bir odam, biror gunohni qilgan banda kofirdir, desa, unga qarshi qanday dalil 
bor? 
Javob: — Unga Alloh taoloning: «Zunnun (Yunus)ning (o‘z qavmidan) g‘azablangan 
holda (qishlog‘idan chiqib) ketib, Bizni unga qarshi chiqa olmaydi, deb o‘ylagan paytini, 
so‘ng (Biz uni baliq qorniga tashlaganimizdan keyin) qorong‘i zulmatlar ichra: «Sendan 
o‘zga iloh yo‘qdir. Sen (barcha) nuqsonlardan pokdirsan. Darhaqiqat, men (o‘zimga) 
zulm qiluvchilardan bo‘ldim», — deb nido qilgan (paytini es-lang)» (Anbiyo, 87, 
mazmuni), oyati karimasi aytiladi. Oyatdan ko‘rinib turibdiki, Zunnun (Yunus 
payg‘ambar) zolim, gunohkor mo‘min, ammo kofir ham, munofiq ham emas ekan. 
Boshqa bir oyatda Yusuf alayhissalomning inilari: «...Ey, ota, (Allohdan) bizlarning 
gunohlarimizni mag‘firat qilishini so‘ragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo‘ldik» 
(Yusuf, 97, mazmuni), deganlari aytilgan. Bu oyatdan ham bilinib turibdiki, Yusuf 
alayhissalomning inilari gunohkor edilar, kofir emasdilar. 
Xuddi shuningdek, Alloh taolo Payg‘ambarimiz alayhissalomga: «...Siz uchun Allohning 
oldingi va keyingi gunohlaringizdan kechishi...» (Fath, 2, mazmuni) dedi. Alloh bu 
oyatda «gunohlaringizdan», dedi, kufringdan degani yo‘q. Inchunun, Muso alayhissalom 
ham odam o‘ldirib qo‘yganida gunohkor bo‘ldi, kofir bo‘lib qolgani yo‘q. 
Savol: -- Bir odam: inshaalloh (Xudo xoxlasa), men mo‘minman, desa, unga nima 
deyiladi? 
Javob: — Unga Alloh taolo: «Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salavot 
ayturlar. Ey mo‘minlar, (sizlar ham) salavot va salom aytinglar!» (Ahzob, 56, mazmuni), 
- degan, agar sen mo‘min bo‘lsang, Payg‘ambarga (s.a.v.) salavot ayt, mo‘min 
bo‘lmasang, u zotga salavot aytma, deyiladi. Shuningdek, unga: Alloh «Ey, imon 
keltirganlar, qachonki, jum’a kunidagi namozga (azon) chaqirilsa, darhol Allohning zikri 
sari harakatga tushingizlar va savdo-sotiqni tark qilingizlar!..» (Jum’a, 9, mazmuni), — 
degan, deyiladi. 
Maoz ibn Jabal: Allohga shubha qilgan bandaning shubhasi uning barcha ezgu ishlarining 
savobini botil (barbod) qiladi. Imon keltirib, gunoh qilgan bandaning gunoxlari mag‘firat 
qilinishidan umidvor va unga azob berilishidan xavotirda bo‘linadi, deganlar. 
Maoz ibn Jabalga bir odam: «Allohga shubha qilishlik, ezgu ishlarning savobini yo‘q 
qilsa, albatta, imon gunohlarni chilparchin qilib tashlaydi», dedi. Shunda Maoz ibn Jabal: 
«Qasamyod qilamanki, bu odamdan ko‘ra ilmliroq odamni ko‘rmaganman», dedi. 
Bir odamga, sen musulmonmisan, deyilsa, u, «bilma-dim», deb javob qilsa, unga: 
«bilmadim» degan so‘zing adolatmi yoki zulmmi, degin. Agarda u, «bilmadim» degan 
so‘zim adolat, desa, unga: bu dunyoda adolat bo‘lgan u dunyoda adolat bo‘ladimi, deb 
so‘ra. Agar u, ha, u dunyoda adolat bo‘ladi, deb javob bersa, unga: Munkar Nakirga, 


Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
14
yaxshi va yomonlik Allohning xohishi bilan bo‘lishiga ishonasanmi, degin. Agarda u: ha, 
desa, undan: sen mo‘minmisan, deb so‘ra. Agarda u: «men bilmayman», desa, unga: 
sen hech narsani bilmabsan va hech narsaning fahmiga yetmabsan va najot ham 
topmabsan, degin. 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling