Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc
Download 48,75 Kb. Pdf ko'rish
|
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT
Savol: — Banda mo‘min bo‘lsa-yu, ammo namoz o‘qimasa, ro‘za tutmasa, Islomning
amaliy ibodatlaridan biror narsa qilmasa, unga imonining foydasi bormi? Javob: — U Alloh ixtiyoridadir. Agar istasa, uni azoblaydi va istasa, unga rahm qiladi. Allohning kalomidan biror narsani qat’iy inkor qilmagan banda mo‘mindir. Ba’zi bir axli ilmlar menga quyidagi voqeani so‘zlab bergan edilar: «Maoz ibn Jabal Hums shahriga qadam qo‘yganlarida odamlar to‘planib, u kishini o‘rab oldilar va undan bir o‘spirin yigit: - Namoz o‘qiydigan, ro‘za tutadigan, Baytullohga hajga boradigan, Alloh yo‘lida kurashadigan, qul ozod qiladigan, zakot beradigan, faqat Alloh va Uning Payg‘ambariga shak-shubha keltiradigan, banda to‘g‘risida nima deysiz, — dedi. Maoz: - Shunday bo‘lsa, unga Do‘zaxdir, — dedilar. Shundan keyin o‘spirin: - Namoz o‘qimaydigan, ro‘za tutmaydigan, qajga bormaydigan, zakot bermaydigan, faqat Alloh va Uning Payg‘ambariga imon keltirgan banda to‘g‘risida nima deysiz, dedi. Maoz unga: - Unga yaxshilikni umid qilaman va oqibatining yomon bo‘lishidan ham qo‘rqaman, deb javob berdi. O’spirin: - Ey, Abu Abdurahmon (Maozning kunyalari), shirk bilan amal foyda bermaganidek, imon bilan hech narsa zarar qilmaydi, deb yo‘liga ravona bo‘ldi. Maoz esa: Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa www.ziyouz.com kutubxonasi 9 - Bu o‘lkada ushbu o‘spirindan ko‘ra faqihroq hech kim yo‘q, dedilar. (O’spirin bilan Maozning suhbati tugadi.) Abu Hanifa so‘zlarida davom etdilar: - Isyonkorlarga qarshi kofirliklari uchun emas, balki isyonkorliklari uchun jang qilganlar. Sen odil toifa va sitamkor hukmdor bilan birga bo‘lasan. Isyonkorlar bilan birga bo‘lma. Ko‘pchilik (jamoa) orasida fosiqlar, zolimlar bo‘lsa ham, ular ichida fosiq va zolimlarga qarshi kurashda senga yordam beradigan ahli saloh ham bor. Agarda jamoaning hammasi isyonkor bo‘lsa, ulardan chetlan, boshqa jamoa huzuriga bor! Alloh taolo: «...Allohning yeri unda hijrat qilishlaring uchun (etarlicha) keng emasmidi?..» (Niso, 97, mazmuni)', «...Mening yerim kengdir. Bas, Mengagina ibodat qilingizlar!» (Ankabut, 56, mazmuni), degan. Shuningdek, Hammod ibn Ibrohim Ibn Mas’uddan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qiladilar: — Yer yuzida ma’siyatlar zohir bo‘lsa va sen ularni isloh qila olmasang, u yerdan boshqa joyga ko‘ch va u yerda Rabbingga ibodat qil!» Ahli ilmlardan ba’zilari sahobalardan rivoyat qilingan quyidagi hadisni menga aytib berdilar. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat qildilar: - Bir odam fitnadan qo‘rqib, bir yerdan ikkinchi joyga ko‘chsa, Alloh unga yetmish siddiqning savobini yozadi. Abu Hanifa dedilar: — Rabbim osmondami yoki Yerdami, bilmayman, desa u Parvardigor sifatlarini bilmagani uchun kofirdir. Alloh taolo: «Alloh osmonlarni, ko‘rib turganingizdek ustunsiz ko‘tarib qo‘ygan, so‘ngra Arsh uzra mustaviy bo‘lgan...» (Ra’d, 2, mazmuni)', «(U) Arsh uzra mustaviy bo‘lmish Rahmondir» (Toha, 5, mazmuny). Men Arshning osmonda yoki Yerda eka-nini bilmayman, desa ham kofirdir. Chunki u bu so‘zi bilan Arshning osmonda ekanini inkor qiladi. Vaholanki, Arsh Illiyinning eng tepasidadir. Alloh ulug‘dir, aksincha bo‘lishi mumkin emas. Pastliqda, narsa ichida yo ustida bo‘lish ilohning sifati emasdir. Hadisda rivoyat qilinganki, bir kuni Payg‘ambarimiz (s.a.v.) huzurlariga bir odam qora cho‘rini yetaklab kelib, u zotga: menga bir mo‘min qul ozod qilish vojib bo‘lib qoldi, mana bu cho‘ri bo‘ladimi, dedi. U zot cho‘riga: sen mo‘minmisan, dedilar. U: ha, dedi. Payg‘ambarimiz alayhissalom: Alloh qaerda, dedilar. Cho‘ri: munazzah deb yod qildi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) boyagi kishiga: bu cho‘rini ozod qil, u mo‘mina ekan, dedilar. Abu Hanifa aytdilar: - Qabr azobini bilmayman, degan banda halokatga yo‘liqqan, pastkash jahmiyalar toifasidandir. Chunki u: «...ularni ikki bora azoblaymiz...» (Tavba, 101, mazmuni), ya’ni qabrda va do‘zaxda, «Albatta, zolim (kofir) bo‘lgan kimsalar uchun bundan (Qiyomatdan) ilgari (dunyoda) ham azob(lar) bordir...» (Najm, 47, mazmuni), ya’ni, qabrda azob bor, degan oyatni inkor etadi. Agar u: men mazkur oyatlarga imon keltiraman, ammo ularning ta’vili va tafsiriga ishonmayman, desa ham kofir bo‘ladi. Chunki ba’zi oyatlar ba’zilarining ta’vilidir. Ularni qat’iy inkor etsa, so‘zsiz, kofirdir. Abu Hanifa dedilar: - Bir odam menga Minhol ibn Umardan, u esa Ibn Abbosdan ushbu hadisni Payg‘ambarimizdan (s.a.v.) rivoyat qilib berdi. U zot (s.a.v.) marhamat qildilar: - Ummatimning yomonlari: men Do‘zaxda emas, Jannatda bo‘laman, — deydi. Ummatimdan massollarning holiga voy! U zotdan (s.a.v.): «Massollar kimlar», deb so‘rashdi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.): «Falonchi Jannatda, pistonchi Do‘zaxda bo‘ladi», deydiganlar massollardir, -- dedilar. Ushbu hadisni Abu Sibyon rivoyat qilgan. Abu Hanifa dedilar: - Men Nofe’dan eshitdim, u Ibn Abbosdan ushbu hadisni rivoyat qiladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom marhamat qiladilar: - Mening ummatimni Jannatda yoki Do‘zaxda bo‘ladilar, deb aytmanglar! Alloh Qiyomat |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling