Microsoft Word al fiqh al absat ziyouz com doc


Download 48.75 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/18
Sana04.02.2023
Hajmi48.75 Kb.
#1165975
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
Bog'liq
45e121760e45079c710c060c4dd30949 AL-FIQH AL-ABSAT

    Bu sahifa navigatsiya:
  • Savol
Javob: — Yo‘q. 
Savol: — Nega? 
Javob: — Chunki bu odam Alloh taoloning: «(Ey isonlar), sizlarga ne musibat yetsa
bas, o‘z qo‘llaringiz qilgan narsa (gunoh) sabablidir» (Sho‘ro, 30, mazmuni); «Sizga 
qanday yaxshilik yetsa, u Allohdandir, Sizga qanday noxushlik yetsa, u o‘zingizdandir...» 
(Niso, 79, mazmuni), ya’ni, gunohing sabablidir, «...Bas, Alloh (O’zi) xohlagan kimsani 
yo‘ldan ozdirur va (O’zi) xohlagan kishini hidoyat qilur...» (Ibrohim, 4, mazmuni) degan 
oyatlari ta’vilida xato qilgan. Allohning: «...Alloh inson bilan uning dili (o‘rtasi)da 
«parda» bo‘lib turadi...» (Anfol, 24, mazmuni) degani, mo‘min va kufr, kofir va Imon 
o‘rtasida (parda) bo‘ladi, deganidir. 
Bandaning ma’siyat qilishga qodirligining aynan o‘zi uning Allohga itoat qilishga ham 
salohiyatidir. Banda, Alloh unga ma’siyat qilish uchun emas, itoat etish uchun bergan, 
buyurgan qodirlik salohiyatini gunoh ishga sarf qilgani uchun jazolanadi. 
Savol: — Agar u, nega Alloh bandalarni gunoh qilishga majbur qiladi, so‘ngra ularga 
azob beradi, desa, siz nima degan bo‘lardingiz? 
Javob: — Agar u shunday desa, sen undan so‘ra: Banda o‘ziga o‘zi foyda yoki zarar 
keltira oladimi? Agarda u: yo‘q, chunki bandalar zarar va foydada majbur qilinganlar


Al-fiqh al-absat. Imomi A'zam Abu Hanifa 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
itoat qilish va ma’siyat qilishda emas, desa, unga ayt: Alloh yomonlikni yaratganmi? 
Agar u: ha, yaratgan, desa, o‘z so‘zidan chiqqan bo‘ladi. Agarda u: yo‘q, Alloh 
yomonlikni yaratgan emas, desa, u holda Allohning: «...Panoh tilab iltijo qilurman tong 
Parvardigoriga, yaratgan narsalari yovuzligidan...» (Falaq, 1—2, mazmuni) so‘ziga 
binoan, u kofirdir. Alloh yomonlikning ham yaratguvchisidir. Agarda u: sizlar Alloh kufrni 
ham, imonni ham xoxlaydi, demaysizlarmi? — desa, biz unga: ha, desak u: «U (Alloh) 
qo‘rqilishga loyiq va qo‘rqqanlarni mag‘firat qiluvchidir. (Bandalar Undan qo‘rqishi 
lozim)» (Muddassir, 56, mazmuni), deb, Alloh marhamat qiladimi? — deydi. 

Download 48.75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling