Microsoft Word ayollarga xos masalalar doc
Ayollar ko‘radigan qon ikki xil
Download 295.77 Kb. Pdf ko'rish
|
Fotimaxon Sulaymonqori qizi. Ayollarga xos masalalar
Ayollar ko‘radigan qon ikki xil
1. Sahih qon – hayz muddatidan: 3 kundan oz, 10 kundan ko‘p bo‘lmagan haqiqiy Ayollarga xos masalalar. Fotimaxon Sulaymon qori qizi www.ziyouz.com kutubxonasi 19 qondir. Nifos (nifoslik)da esa 40 kundan ko‘p kelmagan qon. 2. Fosid qon – hayz va nifosdan boshqa qon. Fosid qon turli bo‘ladi: a) Hayz muddatining eng ozi 3 kun, undan ham oz vaqt kelgan qon – fosid qon; b) Hayzning eng ko‘p muddati 10 kun, undan oshgan qon – fosid; v) Nifos muddatining eng ko‘pi 40 kun, undan oshiq kelgan qonlar – fosid qonlar; g) Homiladordan kelgan qon – fosiddir; d) Kichik qizlar ko‘rgan qon –fosid; e) Odatdan to‘xtash, qolish (menopaz) davrida ko‘rilgan qon – fosid qondir. Lug‘atda hayz – odat: oqinti ma’nosidadir. Hayz – bir ayolning bachadoni (rahmi)dan xastalik yoki ko‘z yorishdan tashqari ma’lum bir muddatda keladigan va ibodat qilishga to‘siq bo‘lgan qondir. Bunga “odat holi” ya’ni, “odat vaqti” deyiladi. Odat qoni ayol vujudining me’yoriy (normal) faoliyati va homila yo‘qligida har oyda keladigan qondir. Hayz qonining paydo bo‘lishi Rahm (bachadon) – bola tug‘ilguncha turiladigan, muhofaza etiladigan joy. Rahm – xazna (qindiloq)dan keyin keladigan ichki a’zo. Rahm ichiga “endometrium” (“Endometrium”) deyiladi. Baxmalday bir qatlam. Bu qatlam har oy tuxum to‘llaydiganga o‘xshab hozirlanadi, ya’ni, har odat davrida bir tuxum o‘sib yetiladi va nasl bo‘lishga tayyor holga keladi. Agar to‘llanish bo‘lmasa, ya’ni, homila bo‘lmasa, qisqa umrli tuxum va u bilan birga bachadonning eng ichki qatlami o‘ladi va qonab vujuddan tashqariga oqib chiqadi, ya’ni, hayz (muddati) boshlanadi. Odam (a.s.) va Havvo onamiz gunohkor bo‘lishib, jannatdan quvilganlaridan so‘ng, Alloh taolo Havvo onamizni homilador bo‘lishga, tug‘ishga va har oyda qon ko‘rishga hukm etdi. Bu hol ayollar uchun ilohiy bir nizom bo‘lib qoldi. Bu hol gunohlarga kafforat bo‘lishi ham zikr etilgan. Download 295.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling