Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet163/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usulining mohiyati shundaki, ishlab chiqarilgan mahsulotning har qanday hajmi shunga mos daromad hajmini beradi. Biroq avval bu daromadning bir qismini iste’mol qilmasdan jamg’armaga qo’yishi mumkin. Jamg’arma "sarflar — daromadlar" oqimidan potentsial sarflarni olib qo’yish hisoblanadi. Bunda jamg’armaga qo’yilgan mablag’ investitsiyalar bilan to’liq qoplansa, yalpi sarflar ishlab chiqarish hajmiga teng bo’ladi (14.3-chizma).

13.3-chizma. Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashning jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli

Investitsion sarflarning ko’payishi ishlab chiqarish hajmi va daromad darajasining o’sishiga olib keladi. Bu o’zaro natija Multiplikator samarasi bilan izohlanadi. Multiplikator tushunchasi «ko’paytiruvchi» degan ma’noni anglatadi. Multiplikator samarasining mohiyati investitsiya hajmining o’sishi jamiyat milliy daromadining unga nisbatan ko’proq o’sishiga olib kelishi orqali ifodalanadi.


Multiplikator samarasi — bu sof milliy maxsulot o’zgarishining investitsiya sarflaridagi o’zgarishga nisbati:

Multiplikator samarasi

=

Real sof milliy mahsulot o’zgarishi

Investitsiya sarflaridagi o’zgarish

Yoki, Multiplikator koeffitsientini quyidagicha ifodalash ham mumkin:

Bundan kelib chiqqan holda:
Real SMMdagi o’zgarish = mul’tipliqator koeffitsienti x investitsiylardagi o’zgarish.
Investitsion sarflardagi o’zgarishdan tashqari iste’mol, davlat haridi yoki eksportdagi o’zgarishlar ham Multiplikator samarasiga ta’sir ko’rsatadi.
Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, jamg’arma va investitsiya darajasi ham o’ziga xos chegaralarga ega bo’lib, bu borada klassik va keynscha qarashlar tafovutlanadi. Klassik nazariya qarashlariga ko’ra, jamg’arma investitsiya manbai bo’lib, jamg’armaga nisbatan moyillikning yuqori darajasi muqarrar ravishda iqtisodiyotning yuksalishiga olib keladi.
Keynscha nazariya esa klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o’zgacha kechishi ta’kidlanadi. Chunki, rivojlangan mamlakatlarda jamg’armaga bo’lgan intilish investitsiyalariga bo’lgan intilishdan jadalroq borib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling