Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet164/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo’yilmalarning muqobil imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg’arishning o’sishi bilan uning amal qilishining keyingi qo’shilgan samaradorligi pasayib boradi;
ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o’sishi bilan jamg’armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko’ra, jamg’arma hajmi investitsiya sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg’arma egalari muvaffaqiyatsizlikka duchor bo’ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi orqali izohlanadi.
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar nazariy jihatdan avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milliy daromad hajmi va uning o’zgarishiga bog’liq bo’lmasa, hosilaviy investitsiyalar milliy daromadning o’zgarishiga ham bog’liq bo’ladi. Aynan avtonom investitsiyalarga qo’shimcha ravishda o’sib boruvchi hosilaviy investitsiyalar iqtisodiy o’sishni kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida akselerator samarasi ro’y beradi («akselerator» tushunchasi jadallashtiruvchi degan ma’noni anglatadi).
Hosilaviy investitsiyalarning iqtisodiy tabiatidagi o’ziga xoslik shundaki, u milliy daromadning o’sishiga qanchalik uzviy bog’liq bo’lsa, uning qisharishiga ham shu darajada ta’sirchan bo’ladi. ya’ni, iqtisodiyotdagi daromadlarning qisharishi hosilaviy investitsiyalarning undan ham tezrok qisharishiga olib keladi. Natijada iqtisodiyotda ishlab chiqarish resurslarining bandlilik darajasi pasayadi. Bunday sharoitda jamg’armaga bo’lgan moyillikning o’sishi o’z navbatida iste’molga bo’lgan moyillikning pasayishini anglatadi. Iste’mol sarflarining kisharishi esa mavjud tovar va xizmatlarning sotilmay qolishiga, ya’ni ishlab chiqarish zahirasining ko’payishiga olib keladi. Oqibatda yangi kapital qo’yilmalar amalga oshirilmaydi, ishlab chiqarish qisqaradi, ishsizlikning o’sishi va daromadlarning pasayishi ro’y beradi. Aholi tomonidan jamg’armaning haddan ortiq ko’paytirib yuborilishi oqibatida kelib chiquvchi salbiy jarayonlar, ya’ni - «tejamkorlik paradoksi» shunday tarzda namoyon bo’ladi. Mazkur jarayonni quyidagi chizma orqali ham ko’rib chiqish mumkin (13.4-chizma):


Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling