Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet166/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Jonlanish fazasida ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi sekin-asta o’sib boradi. Narxlar ham asta ko’tarilib, ssuda foizi o’sa boshlaydi. Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foyda hajmining tezlik bilan o’sishi jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o’sib o’tishiga imkoniyat yaratadi. yangi sikl yuksalishning boshlang’ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida ishchi kuchiga bo’lgan talabning kengayishi ishsizlikning birmuncha kamayishiga, hamda ish haqining o’sishiga olib keladiki, buning oqibatida iste’mol tovarlariga to’lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning oshishi, o’z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida nomutanosibliklarning to’planib borishidan iborat zanjirli reaktsiya tezlashadi. Bu bilan yangi inqiroz muqarrar bo’lib qoladi.
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo’yicha keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo’ladi. Biroq bu fazalar turli tadqiqotchilar tomonidan turlicha nomlanadi. Masalan, yuqorida ko’rib chiqilgan iqtisodiy siklning fazalari klassik tavsifga ega bo’lib, ularni quyidagi 14.5-chizma orqali ifodalash mumkin.


13.5-chizma. Iqtisodiy sikl fazalarining klassik jihatdan ifodalanishi

Hozirgi zamon iqtisod fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari mavjudligi ta’kidlanadi. Quyidagi 14.1-jadvalda ularning ko’pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.


14.1-jadval
Sikllarning asosiy turlari


Sikl turlari

Siklning davomiyligi

Asosiy xususiyatlari

Kitchin sikli

2-4 yil

Zahiralar miqdori –YaMM, inflyatsiya,bandlikning tebranishi,tijorat sikllari

Juglar sikli

7-12 yil

Investitsion sikl- YaMM, inflyatsiya va bandlikning tebranishi

Kuznets sikli

16-25 yil

Daromad- immigratsiya- uy-joy qurilishi- yalpi talab- daromad

Kondrat’ev sikli

40-60 yil

Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o’zgarishlar

Forrester sikli

200 yil

Energiya va materiallar

Toffler sikli

1000-2000 yil

Sivilizatsiyalarning rivojlanishi




Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling