Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet168/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Kondrat’ev sikli «uzoq to’lqinlar» sikli deb ham ataladi. Sikllilikning bu nazariyasini ishlab chiqishga rus olimi N.D.Kondratьev katta hissa qo’shadi. Uning tadqiqoti Angliya, Frantsiya va AQShning 100-150 yil davomidagi rivojlanishini qamrab oladi. Bunda u iqtisodiy o’sishning ko’l omilli tahlilini o’tkazib, ya’ni tovar narxlari kapital uchun foiz, nominal ish xaqi, tashqi savdo aylanmasi kabi makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning o’rtacha darajasini umumlashtirish natijasida bir qator katta sikllarni ajratib ko’rsatadi.
1-sikl: 1787-1814 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1814-1851 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
P-sikl: 1844-1851 yillar - ko’taruvchi to’lqin; 1870-1896 yillar -pasaytiruvchi to’lqin.
SH-sikl: 1896-1920 yillar - ko’taruvchi to’lqin.
Kondratьev siklining davomiyligi o’rtacha 40-60 yilni tashkil qiladi va uning asosiy xususiyati texnika taraqqiyoti hamda tarkibiy o’zgarishlarni o’zida aks ettirishi hisoblanadi.
Kondrat’ev birinchi katta siklning yuksalish fazasini Angliyadagi sanoat revolyutsiyasi, ikkinchisini - temir yo’l transportining rivojlanishi.
uchinchisini - elektr energiyasi, telefon va radioning kashf etilishi, to’rtinchisini - avtomobil sanoatining rivojlanishi bilan bog’laydi. Hozirgi zamon tadqikotchilari beshinchi siklni elektronika, gen injenerligi va mikroprotsessorlar rivojlanishi taqozo qilishini ko’rsatadi.
Iqtisodiy sikl barcha tomonlari bilan namoyon bo’lib, amalda iqtisodiyotning hamma sohalariga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Iqtisodiyot tarkibiy qismlarining o’zaro bog’liqligi sababli uning hech bir sohasiga inflyatsiya to’lqini yoki turg’unlikning nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni eьtiborga olish zarurki, iqtisodiy sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada ta’sir ko’rsatadi.

4. Inqirozlarning mazmuni va turlari

Siklli rivojlanishning dastlabki va asosiy fazasi inqiroz hisoblanadi. Inqiroz bir siklni nihoyasiga yetkazib, yana muqarar ravishda inqiroz bilan tugaydigan yangisining boshlanishiga asos soladi; inqiroz vaziyatida asosiy kapitalning ortiqcha jamg’arilishi uning hamma funktsional shakllarida namoyon bo’ladi.
Inqiroz fazasida ishlab chiqarish va bandlilik qisqaradi, ammo narxlar pasayish tamoyiliga berilmaydi. Bu fazaning quyi nuqtasida ishlab chiqarish va bandlilik o’zining eng past darajasiga tushib ketishi orqali tavsiflanadi. Shunga ko’ra, iqtisodiy inqiroz deb ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishiga aytiladi.
Inqirozning sababi shundan iboratki, jamiyatda ishlab chiqarilgan tovarlar massasi to’lovga muqobil talabga mos kelmay (undan oshib ketadi yoki kam bo’ladi) qoladi. Natijada ishlab chiqarishning bir qismi to’xtab qoladi, tovar ishlab chiqarish kamayadi, ishlab chiqarishning o’sish davri uning tushkunligi bilan almashinadi. Iqtisodiyotning o’sishi inflyatsiya, ya’ni narx darajasining asossiz ravishda keskin ko’tarilishi sababli orqaga ketadi. Shunday davrlar ham bo’ladiki, bunda iqtisodiy o’sish bandlilik va ishlab chiqarishning past darajasiga o’rin beradi, ayrim hollarda narx darajasining ko’tarilishi bilan birga ishsizlik ham keskin o’sadi. Qisqacha aytganda, iqtisodiy o’sishning uzoq muddatli tamoyillari ham ishsizlik, ham inflyatsiya oqibatida uzilib qoladi va murakkablashadi. Inqirozlarning asosiy sababi -takror ishlab chiqarishdagi beqarorlik va nomutanosibliklardir. Bu avvalo ishlab chiqarish va uning natijalarini o’zlashtirish o’rtasidagi nomutanosiblik bo’lib, u turli ishlab chiqarish usullari va iqtisodiy tizimning har xil nushalarida turli shakllarida namoyon bo’ladi.
Ishlab chiqarish bilan iste’mol, talab va taklif o’rtasidagi vaqti-vaqti bilan yuzaga kelib turadigan nomutanosibliklar ham iqtisodiy inqirozlarning yuzaga chiqish imkoniyatini saqlaydi.
Rivojlangan tovar xo’jaligi paydo bo’lgunga qadar ishlab chiqarishning keskin qisqarishi odatda tabiiy ofatlar (qurg’oqchilik, toshqinlar va h.k.) yoki urushlar va ular keltiradigan vayronagarchiliklar bilan bog’liq bo’lgan. Yirik mashinali ishlab chiqarishga o’tilgan davrdan keyingi vaqti-vaqti bilan iqtisodiyotni larzaga solib turuvchi iqtisodiy inqirozlar ijtimoiy takror ishlab chiqarishga siklik tavsifni kasb etadi. Inqirozlar turli-tuman tarzda ro’y bersada, ularni umumiy, o’xshash tomonlarini nazarda tutib, guruxlarga ajratish mumkin.
1. Xo’jalik tizimida muvozanatning buzilishi miqyosiga ko’ra inqirozlarni umumiy hamda ayrim sohalarda yuz beradigan inqirozlarga bo’lish mumkin. Umumiy inqirozlar butun milliy xo’jalikni qamrab olsa, ikkinchisi qisman, ya’ni ayrim sohalar yoki tarmoqlardagi tanglik sifatida ro’y beradi.
Ayrim sohalardagi inqirozlarga quyidagilarni kiritish mumkin:
Pul-kredit sohasidagi inqiroz - mamlakat pul-kredit tiziminish tang ahvolga tushishi bo’lib, bunda tijorat va bank krediti keskin qisqaradi, qimmatli kog’ozlar kursi, bank foizi tushib ketishi natijasida banklar sinib, yalpi holda bankrotlikka uchraydilar.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling