Microsoft Word baholash tartibi


Download 2.89 Mb.
bet170/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Davriy inqirozlar ma’lum vaqt mobaynida takrorlanib turadi.
Oraliq inqirozlar to’liq sikl buyicha yuz bermaydi. Siklning biron-bir fazasida to’xtatiladi. Ular nisbatan uncha chuqur bo’lmay, qisqa muddat davom etadi.
Nomuntazam inqirozlar biron-bir alohida sabablarga ko’ra yuz beradi. Masalan, tabiiy ofat, sel, to’fon, qurg’oqchilik tufayli iqtisodiyotda tang ahvolga tushishi mumkin.
3. Takror ishlab chiqarish iisbatlarining buzilishi tavsifiga ko’ra inqirozlar ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo’linadi. Tovarlarni ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi turli naf keltiradigan ne’matlarni ko’p ishlab chiqarish, lekin ularni to’la sota olmaslikda namoyon bo’ladi.
Taqchil ishlab chiqarish inqirozi davrida muvozanat buzilib, yetishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday qilib, iqtisodiyotning tang ahvolga tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo’ladi.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar:
1. Iqtisodiy muvozanatlik, xususiy va umumiy muvozanatliklarga tavsif bering. Ularga misollar keltiring.
2. Quyidagi ikki usul, ya’ni: a) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli; b) jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli yordamida muvozanatli SMM grafikda qanday aniqlanishini tushuntiring.
3. Multiplikator samarasi nima? Investitsion sarflarning o’zgarishi va Multiplikator miqdori o’rtasidagi bog’liqlik qanday? Agar jamg’armaga o’rtacha moyillik 0; 0,4; 0,6 ga teng bo’lsa, Multiplikator qanday bo’ladi? Agar tadbirkor investitsiyalari darajasini 8 mln. so’mga ko’paytirsa, iste’molga o’rtacha moyillik esa 4/5 ga teng bo’lsa, SMM qanday o’zgaradi?
4. Akselerator samarasi nima va u iqtisodiy muvozanatga qanday ta’sir ko’rsatadi?
5. Avtonom va hosilaviy investitsiyalarning farqi nimada? Ularga ta’sir etuvchi omillar ham farqlanadimi?
6. Milliy iqtisodiyotning muvozanatlik darajasiga erishishda xususiy mutanosibliklarning roli qanday? Mutanosiblikning qanday turlarini bilasiz? Ularga qisqacha ta’rif bering.
7. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo’llari qanday?
8. Respublikada iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini qayta qurishlarni qaysi yo’llarda amalga oshirish ko’zda tutilgan?
9. Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo’llari qanday? Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi?
10. Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o’ziga xos belgilarini ko’rsating.
11. Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. Siklli tebranishlar vujudga kelishining sabablarini ko’rsating.
12. Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling.
13. Iqtisodiy sikl asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko’rsating.
14. Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang.

Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling