Microsoft Word baholash tartibi


-MAVZU. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT. PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI O’


Download 2.89 Mb.
bet171/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

18-MAVZU. MOLIYA TIZIMI VA MOLIYAVIY SIYOSAT. PUL-KREDIT TIZIMI. BANKLAR VA ULARNING BOZOR IQTISODIYOTIDAGI O’.

Reja:
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi.
2. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.
3. Kreditning mohiyati, manbalari va vazifalari.
4. Bank tizimi.

Asosiy tayanch tushunchalar: Moliya, moliya tizimi, davlat byudjeti, pul muomalasi, pul tizimi, inflyatsiya, kredit, foiz me’yori (stavkasi), bank krediti, lizing, faktoring, farfeyting, trast, banklar, bank operatsiyalari.

KIRISH

Yalpi milliy mahsulotni yaratish, taqsimlash va undan foydalanish jarayonida pul mustaqil harakat qilib, turli xo’jalik yurituvchi bo’g’inlar, uy xo’jaliklari va davlatning pul mablag’lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo’lish manbalari va amal qilish tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab Moliya va kredit shakllari tusini oladi. Pul va u bilan bog’liq munosabatlarni tahlil qilish, iqtisodiyot nazariyasi fanining eng muhim sohasini tashkil qiladi.


Pulning harakati bozor iqtisodiyotining Moliyaviy asoslaridan biri bo’lib, uning barqarorligi pul tizimi daromadlar va xarajatlar aylanishiga hayotiy tus bag’ishlaydi, butun iqtisodiyotning rivojlanishini ta’minlab beradi, ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanishga imkon tug’diradi va to’liq bandlikka erishishni ta’minlaydi. Shuningdek ushbu mavzuda markaziy va tijorat banklar hamda ularning vazifalari pul muomalasi qonunlari, pulga bo’lgan talab va taklif, inflyatsiyaning mohiyati ochib beriladi. Tahlilning keyingi bosqichi kredit tizimi, banklar va ularning bozor iqtisodiyotidagi roliga bag’ishlanadi.


  1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi


Moliya - pul mablag’laridan foydalanish va uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimi bo’lib, uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish maqsadida taqsimlanadi.
Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan bir qator vazifalarni bajaradi.
1. Moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni Moliyaviy ta’minlash, ularga xizmat ko’rsatish vazifasini bajaradi.
2. Moliyaning taqsimlovchi vazifasi moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratilgan yalpi milliy mahsulotni, ayniqsa, uning milliy daromadni tashkil qiluvchi qismini davlat va mulkchilikning turli shakllariga asoslangan korxonalar, iqtisodiyot tarmoqlari, moddiy ishlab chiqarish sohalari, mamlakat hududlari o’rtasida taqsimlash va qayta taqsimlashda namoyon bo’ladi.
3. Moliyaning rag’batlantiruvchilik vazifasi, birinchidan, yaratilgan mahsulot qiymatini taqsimlash jarayoni orqali, ikkinchidan, pul fondlarini tashkil qilish va sarflash mexanizmi orqali amalga oshiriladi.
4. Moliyadan ishlab chiqarish, taqsimlash va iste’mol ustidan nazorat qilish vositasi sifatida foydalaniladi. Moliyaviy nazorat korxona (firma)larning Moliya intizomiga rioya qilish uchun moddiy javobgar bo’lish tizimi, turli soliqlar undirib olish va mablag’ bilan ta’minlash tizimi orqali amalga oshiriladi. Davlat tomonidan olinadigan soliqlar hamda ularning tashkil qilinish shakl va usullari birgalikda soliq tizimini tashkil qiladi.



Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling