Microsoft Word baholash tartibi


Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi


Download 2.89 Mb.
bet196/258
Sana21.06.2023
Hajmi2.89 Mb.
#1645267
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   258
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI 2022

Xalqaro mehnat taqsimoti (XMT) alohida mamlakatlarning tovar va xizmatlarning ma’lum turlarini ishlab chiqarish bo’yicha ixtisoslashuvini ifodalaydi. Alohida mamlakatlarning bunday ixtisoslashuvi mahsulotlari ustun darajada eksportga yo’naltirilgan dastlabki vaqtlarda xalqaro mehnat taqsimotining rivojlanishi asosan tabiiy sharoitlardagi tafovutlarga asoslangan edi. Binobarin, faqat sanoat to’ntarishidan keyin, ya’ni ishlab chiqaruvchi kuchlar baynalminal xususiyat kasb etib, milliy xo’jaliklar doirasidan tashqariga o’sib chiqa boshlagach, ularning negizidan barqaror mehnat taqsimoti va jahon bozori tarkib topadi. Hozirgi vaqtda xalqaro mehnat taqsimoti turli ijtimoiy tizimlarni o’z ichida oluvchi umumjahon xo’jaligi doirasida rivojlanmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda keyingi o’n yilliklarda yangi texnologik asoslarga o’tish jahon xo’jalik aloqalarining tez o’sishi bilan birga bordi. Takror ishlab chiqarish jarayonlarining baynalminallashuvi o’zining har ikkala shaklida: integratsion (milliy xo’jaliklarning yaqinlashuvi, o’zaro moslashuvi orqali) va transmilliy (xalqaro ishlab chiqarish majmuasinint tuzilishi orqali) shakllarida kuchayadi.
Iqtisodiy hayotning baynalminallashuvi bilan bir qatorda globallashuvi jarayoni ham muhim o’rin tutadi. Bu har ikkala tushuncha o’zaro bog’liq bo’lib. ular jahon xo’jaligi sub’ekglarining umumiy maqsadlarga erishish yo’lidagi xatti-harakatlarining birlashuvi jarayonini aks ettiradi.
Shuningdek, bu tushunchalar bir-biridan farq qilib, ular bir xilda bo’lmagan xo’jalik birlashmalari miqyoslarini ifodalaydilar. Baynalminallashuv - bu jahon xo’jaligining bir necha sub’ektlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni o’rnatilishi va rivojlanishining dastlabki bosqichidir. Globallashuv (lotincha g1obus - yer kurrasi) jahon xo’jaligining butun makonini qamrab oluvchi iqtisodiy munosabatlar yagona tarmog’ining tashkil topishi va rivojlanishini anglatadi.
Globallashuv jarayonining quyidagi yo’nalishlarini ajratib ko’rsatish mumkin:
- mulkchilik munosabatlarining globallashuvi;
- kooperatsiya va mehnat taqsimotining nisbatan yuqori darajasiga o’tish;
- xo’jalikni tashkil etishning butunlay yangi shakllarining paydo bo’lishi va rivojlanishi;
- xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning tartibga soluvchi rolining rivojlanishi.
Shuningdek, jahon xo’jaligi globalashuvi jarayonlarining ziddiyatli tomonlari ham mavjud. Bu ziddiyatlarning asosiylari quyidagilardan iborat:
1) turli mamlakatlardagi iqtisodiy rivojlanishning bir tekisda bormasligi;
2) boy va qashshoq mamlakatlar o’rtasidagi farqning kuchayishi;
3) ekologik haloqat tahdidlarining kuchayib borishi;
4) turli mamlakatlarda aholi sonining o’zgarishining farqlanishi.


Download 2.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   258




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling