Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet54/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
ozodlik, demokratiya! U shu vaqtgacha faqat... plan bajarar edi, sotsialistik majburiyat 
bajarar edi. U... yashash nimaligini bilmas edi! Yashash qanaqa bo‘ladi — bu haqda 
o‘ylab ko‘rmas edi. Aniqrog‘i... u yashamas edi! U... qimirlab yurar edi! Hol so‘rasalar... 
qimirlab turibmiz, deb qo‘yar edi. Chin-chin, u oylik maoshini qo‘l qo‘yib olish uchun... 
qimirlab turar edi! Ana shu mahbuslar... qayta quruvchi bo‘ldi! O’zi xon, o‘zi bek bo‘ldi! 
49 
Rajabov oldinda yurdi, Esonov keyinda yurdi. Yurdi-yurdi — yo‘l cheti skameykadan joy 
oldi. Yo‘lovchi mashinalarni kuzatib o‘tirdi. 
— Qalaysiz endi, o‘rtoq Esonov? 
Bir navi, o‘rtoq Rajabov, bir navi. 
— Qayta quruvchilar ozodlik, ozodlik, deydi. Ozodlik — to‘rt tarafing qibla, og‘zingga 
kelganini gapir, degani emas-ku? Ozodlik — baqirib-chaqirib mansab egalla, shon-
shuhratga erish, degani emas-ku? Yo ozod bo‘lish... it bo‘lib hurishmi? Ozod bo‘lish... 
ko‘rin-gan odamni etagiga kuchuk bo‘lib yopishishmi? 
— Chin, o‘rtoq Rajabov, chin. Ozodlik — namoyish o‘tkazish emas, majlis qilish emas. 
Televizorda mahmadonachilik qilish emas, gazeta-jurnallarda yaltiroq so‘zlar aytish 
emas. 
— To‘g‘ri, ozodlikni quylash kerak, ko‘klarga ko‘tarib kuylash kerak. Lekin ozodlikni 
quylash uchun... el-yurt uzra ozodlikni o‘rnatish kerak! Bunday kunlarga yetish uchun... 
bir o‘lib... bir tiriladi! O’rtoq Esonov, biz uchun ozodlik — taqdir in’omi bo‘ldi! Biz uchun 
ozodlik — baxt qushi bo‘ldi! 
— Ozodlik uchun... og‘izni yumish kerak, quloqni bekitish kerak, qadamni tiyish kerak! 
Ozodlik uchun... shon-shuhrat talashmaslik kerak, mansab-amal talashmaslik kerak! 
— Afsuski, aynan ana shundaylar davraga otilib chiqadi. Ko‘kragiga urib... o‘zini 
xalqparvar ko‘rsatadi, o‘zini vatanparvar ko‘rsatadi! O’zini botir ko‘rsatadi! Ana 
shundaylar oldinda bayroq ko‘tarib yuradi, shior ko‘tarib yuradi. Nutq so‘zlab yuradi, 
baqirib-chaqirib yuradi. Aslida esa... teskarisi bo‘ladi! Shu sabab, azal-azaldan dunyo bir 
kam dunyo bo‘lib keladi. Shu sabab, azal-azaldan xalq boshiga endi oftob chiqqanda... 
xalqni burni qonaydi! 
— Ozodlik demak — o‘z olamini o‘zi topib olish demak. O’z yo‘lini o‘zi topib olish 
demak. O’zligini topib olish demak. 
— Ming afsuslar bo‘lsin, biz hali... ozodlikka tayyor emas edik! Ongimiz... ozodlikka 
tayyor emas edi! Aqlimiz... ozodlikka tayyor emas edi! Ozodlik-ozodlik, so‘zlarini bilar 
edik. Ammo mazqur so‘zlarni mazmuni nima ekanini bilmas edik! Chunki mazkur so‘z 
bag‘rida... bir kun bo‘lsa-da... ha-ha, bir kun bo‘lsa-da... yashab ko‘rmagan edik! Mana, 
Yaratganni o‘zi bizni mazkur so‘z bag‘riga topshirdi. Biz mazkur so‘z bag‘rida... chaqaloq 
bo‘lib yotibmiz! Biz hali otamiz kim, bilmaymiz, onamiz kim, bilmaymiz. Eng fojiali joy... 
do‘st-dushmanimiz kim — bilmaymiz! 
— O’zi, yaxshilab o‘ylab qaralsa, siz aytgan ozodlik... tengsizlik, demak. Shunday, 
ozodlik, tengsizlik demak. 
Ko‘rasiz, boy boyga, kambag‘al kambag‘alga ajralib qoladi. 
Kim boy, kim kambag‘al — ko‘rinib qoladi. Masalan, magazinga kirasiz — kimmatbaho 
kiyim turadi. Boy bo‘lsangiz, ana shu qimmat kiyimni olib kiyasiz. Oshxonaga kirasiz — 
qimmat taomlar qatorlashib turadi. Boy bo‘lsangiz, ana shu qimmat taomni olib yeysiz. 
Aytaylik, boy bo‘lsangiz — samolyotda yurasiz. Kambag‘al bo‘lsangiz — liqir-liqir 
poezdda yurasiz. Ana sizga ozodlik, mana sizga ozodlik! Oldinlari... tenglik edi, xalq 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling