Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc
Download 420.67 Kb. Pdf ko'rish
|
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
55 magazindan xohlagan kiyimini olib kiyar edi. Xalq oshxonadan ishtahasi tortgan taomini olib yer edi. Xalqdan har biri samolyotda ucha olar edi! Sovet hukumati davlat boshiga kelib qoliboq... yerni xalqqa bo‘lib berdi. Xalq uchun shahar-qishloqlarda yoppasiga uy-joy qurib berdi, boshpanohsiz xalq birdan uy-joyli bo‘ldi. O’zi qurib bergan uy-joy uchun xalqdan pul olmadi! Bundan ortiq yana qanaqa hukumat bo‘lsin? Men uni oliydan-oliy karomati — bepul uy-joy deb bilaman! Ezgudan- ezgu merosi —- tekin uy-joy deb bilaman! — Chin aytasiz, o‘rtoq Rajabov, chin aytasiz. — Endi, sovet meditsinasini ayting... Sovet xalqi onasini qornidayoq meditsina yordami oldi. Hali tug‘ilmagan sovet chaqalog‘i meditsina yordami oldi. Keyin, ayol tug‘ruqxonaga tushdi. Sovet chaqalog‘i tug‘ruqxonada vrachlar ko‘zi oldida yotdi. Sovet chaqalog‘i... sovet meditsinasi qo‘li bilan tug‘ildi. Sovet chaqalog‘i... sovet vrachlari kaftida dunyoni ko‘rdi, oppoq choyshablarda o‘ralib yotdi. Sovet chaqalog‘i... tekin davolandi! Endi, manavi qayta quruvchilar sovet meditsinasini so‘kib boshladi. Agar sovet meditsinasi bo‘lmasa, manavi qayta quruvchilarni ko‘pchiligi... onasini qornida o‘lib ketar edi! To‘g‘ri, sovet meditsinasi malakasiz davoladi. Bu sovet meditsinasi yomon, degan gap emas. Bizda xalq ko‘p, yer ko‘p. Hammani malakali meditsina bilan ta’minlash qiyin. Endi... — SSSR xalqlar turmasi, xalqlar turmasi... deydi. O’zi, shu gap kimdan chiqqan, o‘rtoq Rajabov? — Albatta, G’arb mafkurachilaridan chiqqan-da! Kimdan bo‘lardi? — Yo‘q, bu fitna, bu ig‘vo. Chin, SSSR ulkan devorlar mamlakati, uzun devorlar mamlakati. Bu ulkan devorlar metin qonun-qoida uchun xizmat qiladi. Pokdomon xulq- axloq uchun xizmat qiladi. Chayir tartib-intizom uchun xizmat qiladi. Masalaga partiyaviy yondashsak, SSSR tarkibida yuzlab elatlar bor. Ular necha-necha asrlardan buyon kindik qoni tomgan azaliy yurtida yashab keldi. Hali millat darajasiga ko‘tarilmagan elatlar-da bekamu ko‘st umr kechirdi. Mayda-mayda elatlar ulg‘ayib... millat darajasiga ko‘tarildi. Mitti-mitti urug‘-aymoqlar ko‘payib... xalq darajasiga yetdi! Xalq bo‘ldi! Sovet tuzumida... aymoqlar millat bo‘ldi! Elatlar xalq bo‘ldi! Sovet tuzumida... bironta-da xalq yo‘q bo‘lmadi! G’arb mamlakatlarida xalkdarni son-sanog‘i yo‘q edi. Bosh-adog‘i yo‘q edi. Ana shu xalqlar o‘z-o‘zidan... parokanda bo‘lib boshladi! Ana shu xalqlar o‘z-o‘zidan... yo‘qolib boshladi! Butun-butun xalqlar yer yuzidan... g‘oyib bo‘ldi! Masalan, Yevropada kelt hamda illiriy, degan xalqlar bo‘lar edi. Keltlar-da, illiriylar-da tarixiy xalqlar edi. Yuksak madaniyatli xalqlar edi. Bilasizmi, «Buyuk Britaniya» nomi qaerdan kelib chiqadi? Ana shu tarixiy kelt xalqlari oilasiga mansub «britt» xalqi nomidan kelib chiqadi! Qani o‘sha xalqlar, qani? Brittlarni nemislar bilan inglizlarni o‘zi... yo‘q qilib yubordi! Ulkan-ulkan slavyan xalklari bor edi. Boltiq xalqlari bor edi. Roman xalqlari bor edi. Masalan, pruss, degich Boltiq xalqi bo‘lar edi. Nihoyatda o‘ziga xos xalq edi, qani o‘sha pruss xalqi? Prusslarni boshiga... nemislar yetdi! Shunday madaniyatli xalqdan pruss, degan nom qoldi, xolos. Prussiya nomi tarixiy manbalarda bir uchrab qo‘yadi, xolos. Hozir ham Yevropada bir qator xalqlar yer yuzidan yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida yashamoqda. Masalan, Buyuk Britaniyadagi irland xalqi, Yspaniyadagi bask xalqi. Irlandlar-da, basklar-da xalq sifatida yo‘q bo‘lib ketmaslik uchun... jon talvasada kurash olib bormoqda! Shunday ekan, endi masalaga partiyaviy yondashaylik... — Masalani partiyaviy hal etaylik! — Xo‘p, masalani partiyaviy hal etaylik. Endi, G’arb mamlakatlarini... nima deb atasak bo‘ladi? Yevropa — xalqlar qabristoni, desak yarashadimi? Yevropa — xalqlar mozoristoni, desak ep bo‘ladimi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling