Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Partiya-sovet arboblari... Brejnev misol miq etmadi! Brejnev misol mijja qoqmadi


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet58/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com


Partiya-sovet arboblari... Brejnev misol miq etmadi! Brejnev misol mijja qoqmadi. 
Brejnev misol... turg‘un bo‘lib o‘tirdi. Brejnev misol... haykal bo‘lib o‘tirdi! 
Madiev kuydi, Madiev yondi! Madiev... lo‘lilik yo‘liga o‘tdi. 
— Yo‘q, biz endi sabr-toqat qilolmaymiz! — dedi. — Yo‘q, sabr-bardoshimiz nihoyasiga 
yetdi! Biz endi sodir etilgan jinoyatlar uchun kimlar aybdor ekanligini aniqlab olishimiz 
kerak va zarur. Biz yetmish yil mobaynida jinoyatchi partiya-sovet arboblarining butun 
bir avlodini tayyorlab yetishtirdik. Ming afsuslar bo‘lsinki, ular har qadamda uchrab 
turadi, har daqiqada uchrab turadi! 
Madiev partiya-sovet arboblariga qo‘lini peshladi. Ko‘rsatkich barmog‘ini bigizladi. 
— Biz bular bilan... bo‘lmaymiz! — dedi. — Yo‘q, yo‘q, biz bular bilan bo‘lmaymiz! 
Botir firqani nazarida... Madiev ko‘rsatkich barmog‘ini... Botir firqani peshonasiga nuqidi. 
Nazarida, barmoq uchi Botir firqani... peshonasiga tegdi. Duk-duk tegdi... tik-tik tegdi! 
Nazarida, barmoq uchi Botir firqani peshonasida... yopishib qoldi! 
Botir firqa ko‘zlarini yumdi — Madievni barmog‘ini ko‘rmay dedi! Madievni barmog‘idan 
qutulay dedi. 
Shu bilan majlis ado bo‘ldi. 
Majlis ahli tarqaldi. 
Botir firqa bilan Rajabov hamroh bo‘ldi. 
— Bular hali-hozir tili bilan yuryapti. Keyin-keyin, ustimizdan to‘rt tarafga yozadi. Bu 
shaxslardan keladi, — dedi Botir firqa. 
— Shaxs? Shular shaxsmi? — deya qo‘l siltadi Rajabov. — Bular... bechora 
go‘rso‘xtalar! Bular go‘rso‘xta bo‘lmay, kim go‘rso‘xta bo‘ladi? Mana, men. Men qurdim
men yaratdim, men savob ishlar qildim! Shunday ekan, men piri badavlat shaxsman. 
Men bus-butun shaxsman. Men yetuk shaxsman! Xo‘p, ana shularchalik ham boraylik. 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
Aytaylik, toat-ibodat qilish uchun xudoni bilish kerak. Bu bechora go‘rso‘xtalar xudoni 
qaerdan biladi? Bular eski alkashlar, eski g‘arlar! 
51 
Ular yo‘l chetidan yurdi. Oyoqlari uchiga tikilib yurdi. Gap-so‘zsiz yurdi. 
Yo‘lbo‘yi choyxonaga keldi. Yuzma-yuz o‘tirdi. Bir-biriga tikildi. Yelkadan nafas oldi. 
Nihoyat, Botir firqa ko‘kka barmoq nishlab-nishlab so‘zladi: 
— So‘zlovchi nodon bo‘lsa, sen dono bo‘l! Xalq maqoli! 
Rajabov birdan jonlandi. Yuzlarida yorug‘lik o‘ynadi. Ko‘zlarida quvonch balqdi. 
— Ofarin, o‘rtoq Esonov, ofarin! — dedi Rajabov. — Siz dono partiya-sovet arbobisiz! 
Botir firqa qomat rostladi. Botir firqa ko‘krak kerdi. Kirinib-qirinib yo‘taldi. Tevarakka 
mag‘rur-mag‘rur boqdi. 
Kurashamiz, kurashamiz, deydi, — dedi Botir firqa. — Kim bilan kurashadi? Men 
bilanmi? Axir, men Gitler bo‘lib, shahar-qishloqlarni vayron etmadim, xalqni qatl 
qilmadim. Gimmler bo‘lib, tirik odamlarni o‘tda kuydirmadim, bug‘doyzorlarga o‘t 
qo‘ymadim. Nihoyati... kommunist bo‘ldim! Meni nimam bilan kurashadi? Otni o‘limi — 
itni bayrami, deydilar. Bular... qari-qurilar bilan kurashmoqchi bo‘lib yuribdi. Bular... 
Don Kixot! Yo‘q narsa bilan kurashuvchi Don Kixot! Bular qup-quruq galvarslar. G’arib-
benavo galvarslar. Bular oldin-da shunday edi, bundan keyin-da shunday bo‘lib qoladi. 
Mana, Boris Yeltsin. U oldin ham o‘g‘il bola edi, hozir ham o‘g‘il bola! 
— O’rtoq Yeltsin kommunistik e’tiqod bilan yeng shimarib, kommunistik ishonch bilan 
bel bog‘lab... yangicha ishlamoqda! Kommunistik vatanparvarlik, kommunistik 
xalqparvarlik bilan ter to‘kib mehnat qilmoqda. O’rtoq Yeltsin oldin kim edi? Sobiq 
Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling