Microsoft Word bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com doc


Download 420.67 Kb.
Pdf ko'rish
bet66/105
Sana03.02.2023
Hajmi420.67 Kb.
#1149521
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105
Bog'liq
bu dunyoda ulib bulmaydi ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
65
Kampiri nim piyola asal olib keldi. 
Asaldan... bahor hidi keldi! Asal... gul atrini taratdi! 
Kampiri asalni choy bilan suyultirdi. Botir firqani og‘ziga olib bordi. 
Botir firqa asal hididan bir seskandi. Asal hididan ikki ijirg‘andi. Betini chetga burdi. 
— Ko‘zni chirt yumib, yutib yuboring, — dedi kampiri. — Men sizga aroq iching, 
deganim yo‘q. 
— Obkom Rajabov qo‘ymadi, Rajabov. 
— Hanifa Rajabovna telefonda aytib edi. Choli qurg‘ur otyapti, deb edi. 
— Shunday, obkom Rajabov ko‘p ichgich bo‘pti. Menimcha, manavi alg‘ov-dalg‘ov 
kunlarga chiday olmayapti. Sovet davrida kelajak aniq edi, yashashdan maqsad anyq 
edi.Sovet xalqi yorqin kelajakka ishonib yashar edi. Orzu-havas bilan yashar edi. Sovet 
tuzo‘mini o‘z shiorla-ri bor edi. Masalan, sovet tuzumini «ozodlik — teng-lik — qardoshlik 
— baxt-saodat», degan shiori bo‘lar edi. Qanchalar hayotbaxsh shior edi, qanchalar ezgu 
shior edi! Odam ana shunday shiorlarni ko‘rib... yashagan sayin yashagisi kelar edi! 
Endi, qaysi shiorga ishonib yashab bo‘ladi? Endi, qaysi shiorga ergashib yashab bo‘ladi? 
Endi, manavinday shiorlar davri keldi: «urush — bosqinchilik — o‘g‘rilik — talonchilik». 
Endi, manavinday shiorlar zamoni keldi: «kambag‘allik — bechoralik — ochlik — 
quvg‘inlik». Obkom Rajabovni ana shunday shiorlar qiynayapti. O’zi oshkora aytdi. 
— Chin, kun kechirish qiyin bo‘lib boradi. Bozor-o‘char qimmat bo‘ldi. Narx-navo 
beqaror. 
— Shunday, hamma narsa qimmatlashib, faqat... inson arzonlashib boryapti, inson. 
Inson sariq chaqachalik bo‘lmay qoldi. Inson sassiq sarimsoqchalik bo‘lmay qoldi. Bir 
magnitofonni o‘g‘irlash uchun... odamni otib ketyapti. Ushoqday tilla taqinchoqni olish 
uchun... ayolni pichoqlab ketyapti. Falakmi kajraftor, turmushmi bemaza? Bu — iqtisodiy 
tanglikdan, demoqdalar. Yo‘q, bu iqtisodiy qiyinchiliqdan emas, yo‘q. Bu — mafkuraviy 
ojizlikdan, kampir, mafkuraviy zaiflikdan. 
Kampiri limon qirqdi. Limon archdi. Botir firqani og‘ziga soldi. 
Chaynab-chaynab yuting, — dedi. — Uh-uhlamang! 
Aroq sovuqlik. Limon sovuqlikni oladi. Endi, bosib-bosib asal choy iching. 
Botir firqa asal choy ichdi. Peshonasidan duv-duv ter to‘kiddi. Yuzlaridan yilt-yilt ter 
sizildi. 
Kampiri sochiq bilan terlarni artib-artib oldi. 
— Obkom Rajabov tag‘in nimalar dedi? — deya so‘radi. 
— Nimayam deydi... taqdir-peshonasidan kuyadi. Porloq kelajak uchun umr bo‘yi 
mehnat qiddik... deb ichadi. Porloq kelajakka yetib kelib, nima qo‘rdik... deb tag‘in 
ichadi. 
— Kimdan kuyadi? 
— Kimdan bo‘ladi, qayta quruvchi demokratlardan-da. Obkom Rajabovgayam 
hayronman. Shu qayta quruvchilarni nimasiga kuyadi? Qayta quruvchi demokratlar... 
kasal, kampir, kasal. Qayta quruvchi demokratlar... mansab-martaba kasaliga yo‘liqqan, 
shon-shuhrat kasaliga yo‘liqqan. Yurakni davolasa bo‘ladi, suyakni davolasa bo‘ladi. 
Ammo-lekin qayta quruvchi demokratlarni davolab bo‘lmaydi. Mansab-martaba dardi — 
davolab bo‘lmas dard. Shon-shuhrat dardi — surunkali dard. Bu dardlarga yo‘liqqan 
odam... o‘lib qutuladi! Shu bois, mansab-martaba dardiga yo‘liqqan odam — qalloblik, 
poraxo‘rliqdan qaytmaydi. Shon-shuhrat dardiga yo‘liqqan odam — marazlik, 
yovuzlikdan qaytmaydi. 
— O’zi, shu qayta quruvchi demokratlar o‘zlarini bir balo chog‘laydilar, bir balo 
chog‘laydilar-e? 
— Buni, «maniya velichiya», deydi. Uni ruhiy kasallik-da deb bo‘lmaydi, aqliy 


Bu dunyoda o’lib bo’lmaydi (qissa). Tog’ay Murod 

Download 420.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling